Ratifikatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ratifikatsiya (lot. ratus — hal qilingan, tasdiqlangan va facere — qilmoq) — 1) xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiklanishi. Odatda, eng muhim xalqaro shartnomalargina R. qilinadi. Koʻpchilik davlatlarning konstitutsiyalari xalqaro shartnomalarni R. qilish huquqini davlat boshligʻi vakolatiga yoxud bevosita oliy qonun chiqaruvchi organ vakolatiga kiritadi; Oʻzbekistonda xalqaro shartnomalarni P. qilish toʻgʻrisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda qaror qabul qiladi; 2) baʼzi mamlakatlarda konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar tasdiqlanishining maxsus tartibi. Masalan, AQSH konfessi konstitutsiyani qabul qilgandan keyin unga qilinadigan tuzatishlar kamida 3/4 shtatlardagi qonun chiqaruvchi majlislar yoki maxsus konventlar tomonidan tasdiklanishi kerak. Avstraliyada konstitutsiyadagi uzgartishlar loyihasi parlamentda maʼqullangandan keyin u mamlakatda va aksariyat shtatlarda saylovchilarning koʻpchilik ovozi bilan referendumda tasdiklanishi talab qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil