Konservatizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konservatizm — ijtimoiy va madaniy hayotda anʼana va vorislik gʻoyasiga tayanuvchi xilma-xil gʻoyaviysiyosiy va madaniy oqimlar majmui. Tarixda K. turli shakllarda namoyon boʻlgan, lekin, umuman olganda, mavjud va barqaror ijtimoiy tizimlar hamda meʼyorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul qilmaslik — K.ga xos asosiy xususiyat hisoblangan. Ijtimoiy oʻzgarishlar yuz berayotgan sharoitda K. eski tartiblarni qayta tiklash, boy berilgan mavqelarni asl holiga qaytarish va oʻtmishni ideallashtirishda koʻrinadi. "K" termini birinchi bor fransuz adibi F. Shatobrian tomonidan qoʻllanilgan hamda 18-asr oxirida Buyuk fransuz inqilobi davrida aristokratiya mafkoʻrasini ifodalovchi qarashlar yigʻindisini bildirgan. Kapitalizm qaror topayotgan davrda K. gʻarbda liberalizm va sotsializma qarshi turgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil