Andorra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Andorra Qirolligi
Principat d'Andorra
ShiorVirtus Unita Fortior
(Lotincha: Kuch, birlashgan kuchliroqdir)
Madhiya: El Gran Carlemany
(The Great Charlemagne)
Location of Andorra
Poytaxt Andorra-la-Velya
Rasmiy til(lar) Katalan tili
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
Joan Enrik Vives Sitsiliya
Nemesi Markez Oste
Jaume Bartumeu Cassany
Mustaqillik
Maydon
• Butun
468 km2 (178-oʻrin)
• Suv (%)
0,26
Aholi
• 2010-yilgi roʻyxat
91 023[1] (194-oʻrin)
• Zichlik 180/km2
YIM (XQT) 2009-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$4,90 mil. (177-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$44,623
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma AN
Telefon prefiksi 376
Internet domeni .ad


Andorra (kat. Andorra, ispancha: Andorra, fransuzcha: Andorre), Andorra knyazligi – Yevropaning janubi-gʻarbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oraligʻida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 78 115 kishi (2011). Poytaxti – Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili – katalon tili; maʼmuriy jihatdan 7 jamoaga boʻlingan. Dindorlar – katoliklar.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andorra – mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. Oʻsha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) boʻldi. 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida maʼqullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra „parlamentli knyazlik“ hisoblanadi, unda „xalq suvereniteti tamoyili“ qaror topdi, sobiq hukmdorlar – Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli „konstitutsion davlat boshliqlari“ martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ – Bosh kengash – 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi – Ijroiya ken-gash (hukumat).

Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya o'rtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yo'li singari qurolli kuchlari xam yo'q. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa bo'ladi.[2]

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andorra Pireneyning janubiy yon bagʻrida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil boʻlgan koʻllar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000–2000 mm yogʻin yogʻadi. Togʻlari dub, buk va archa-pixta oʻrmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp oʻtloqlari bor[3].

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andorra xoʻjaligining asosiy tarmoqlari – qoʻychilik va dehqonchilik. Arpa, jav-dar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi[4]. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, xunar-mandchilik ustaxonalari bor. Chet el turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista koʻmir chiqariladi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga toʻgʻri keladi.

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab taʼlimi – fransuz yoki ispancha tizimda[5]. „Diari d’Andorra“– katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) – katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8–10-asrlar) va roman (12– 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Muomalada – fransuz franki va ispan peseti.[6]

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 %i band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega[7].

  • Kuchli tomonlari: iqtisodning asosi – turizm. Bank sistemalarining yuqori jihatdan mahfiy hisoblanadi. Eksportga qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan: don, kartoshka va tamakini chiqaradi[8][9].
  • Zaif tomonlari: Fransiya va Ispaniya davlatning iqtisodiy siyosatini belgilab beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarini va xom-ashyo importiga bogʻlanib qolgan[10][11].
  • Eksport: $148.7 million (2005). Eksport hamkorlari: Ispaniya 59.5 %, Fransiya 17.0 % (2006).
  • Import: $1.879 mlrd (2005). Import – hamkorlari: Ispaniya 53.2 %, Fransiya 21.1 % (2006).

Gerblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. World Gazetteer
  2. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR, archived from the original on 2013-10-29, https://web.archive.org/web/20131029192344/http://www.geopolitikauz.com/2013/10/armiyasiz-davlatlar.html, qaraldi: 2013-10-23 
  3. arxiv nusxasi, archived from the original on 2018-04-02, https://web.archive.org/web/20180402163256/https://www.estadistica.ad/serveiestudis/web/exportar_banc_dades_csv.asp?formules=anual%7Cinici&any1=01%2F01%2F2008&any2=01%2F01%2F2008&codi_divisio=380&lang=1&codi_subtemes=59&codi_tema=10, qaraldi: 2021-01-22 
  4. Agència de Mobilitat, Govern d’Andorra, archived from the original on 2007-12-06, https://web.archive.org/web/20071206123122/http://www.mobilitat.ad/CA/default.asp, qaraldi: 2013-04-08 
  5. L’Hospitalet. La RN 20 coupée à cause d’une avalanche, La Depeche, 17-dekabr 2008-yil. Ladepeche.fr
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. Public transport of passengers Arxivlandi 2012-05-26 at Archive.is[[]], Servei de Planificació i Gestió del Transport, Govern d’Andorra, 2009.
  8. Heliand – Serveis (2009). Heliand.com
  9. Helitrans – Services (2009). Helitrans.ad Arxivlandi 2009-07-15 Wayback Machine saytida.
  10. SNCF Map
  11. Google map