Aliment

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aliment (lot. alumentum — qaramog‘idagi, boqimidagi) — bir shax-sning boshqa shaxsga majburan yoki ix-tiyoriy ravishda to‘laydigan nafaqasi. A. to‘lash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, far-zandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish natijasida kelib chiqadi. Ota-onalar hamda bolalarning A. borasi-dagi huquq va majburiyatlari O‘zR Oila kodeksi (1998 y. 30 aprel) va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ularga binoan ota-ona voyaga yetmagan bo-lalariga ta’minot berishi shart. Mazkur majburiyatini ixtiyoriy ravishda ba-jarmagan ota-onadan sudning hal qiluv qaroriga asosan A.undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga A. to‘lash haqida ota-onalar o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki A. ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham A. un-dirish to‘g‘risida sudga da’vo bilan mu-rojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki ona-dan qonunda belgilangan miqdorda A. undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir. Voyaga yetmagan bolalariga A. to‘lash va ularga, shuningdek voyaga yet-gan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishda ota-ona-ning majburiyatlari tengdir. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot uchun A. to‘lash tartibi va shakli haqida ota-ona 325o‘rtasidagi kelishuv qonunda belgilan-gan qoidalarga va bolaning manfaatla-riga zid bo‘lmasligi kerak.Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’-minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’mino-ti uchun A. sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) b. daro-madning 1 bola uchun — 1/4 qismi; 2 bola uchun — 1/3; 3 va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvoli va boshqa e’ti-borga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan A. miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 1/3 qismidan kam bo‘lmasligi kerak.Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yor-damga muhtoj bolalariga ta’minot be-rish ham ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi, kelishuvga erishil-magan taqdirda esa nizo sud tartibida hal qilinadi. Bunday bolalarga undi-riladigan A. miqdori A. to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli sud tomonidan hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan kat’iy sum-mada belgilanadi. Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og‘ir shikastlani-shi, kasal bo‘lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha harajatlarda ishtirok etishi shart. Qo‘shimcha harajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota(ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qo‘shimcha hara-jatlarni qisman pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromad-lardan A. ushlab qolinadi. Ota-onadan bolalarga undiriladigan A. miqdori A. to‘lovchining oylik ish haqiga va (yoki) b. daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to‘lanadigan qatiy sum-mada belgilanishi mumkin (O‘zR OK, 96-104-moddalar).Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli far-zandlar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot be-rishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari karamog‘ida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Ular bunday yordam berishdan bo‘yin tovlasa-lar, ta’minot miqdori bolalarning oi-laviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga aso-san belgilanadi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan A. miqdori qonun hujjatlarida belgilan-gan eng kam ish haqi miqdorining 1/3 qismidan kam bo‘lmasligi kerak (O‘zR OK, 109-110-moddalar).Oila a’zolari va boshqa shaxslarning , er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning , qarindoshlar va boshqa shaxslarning A. maj-buriyatlari, A. to‘lash to‘g‘risida keli-shuv tuzish, A. larni to‘lash va undirish tartibiga oid qonun-qoidalar OKning V bo‘lim, 14—18-boblarida belgilab be-rilgan.Ana shunga ko‘ra, A. to‘lashi shart bo‘lgan shaxs A.ni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o‘z arizasiga muvofiq ish-lab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag‘ olayotgan joyida to‘laydi. Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan A. arizaga muvofiq ushbu kodeksning 99-moddasida belgi-langan miqdorlarda ushlab qolinadi. A. to‘lovchining ish, o‘qish joyi yoki turar joyi o‘zgarganligi haqida xabar qilish majburiyati ham bor. Bu majburiyat bo‘yicha A. ushlab qolishi lozim bo‘lgan ish beruvchi (tashkilot ma’muriyati) uch kun muddat ichida xabar berishi kerak. Shuningdek A. to‘lashi shart bo‘lgan shax-sning qo‘shimcha ish haqi yoki boshqa daro-madi to‘g‘risida sud ijrochisi hamda A. 326oluvchi shaxs yuqorida ko‘rsatilgan mud-datda xabardor qilinadi. A. to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javob-garlik O‘zR JK 122 va 123-moddalarida ko‘rsatilgan. Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami 3 oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaganlikda ayb-li deb topilgan shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda ja-rima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Voya-ga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar-ni moddiy ta’minlashdan shunday bo‘yin tovlashi ham yuqoridagicha jazolanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil