Aleksandr Xomyakov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Andreyevich Xomyakov | ||
Tavallud sanasi | 1969-yil 5-mart | ||
Tavallud joyi | Rossiya, SSSR | ||
Boʻyi | 189 sm | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1987 | Dinamo Maxachqala | 5 | (-) |
1990 | Dinamo Maxachqala | 8 | (-) |
1990 | Dagdizel Kaspiysk | - | (-) |
1991 | Sokol Saratov | 15 | (-) |
1992 | Sokol Saratov | - | (-) |
1992-1995 | Energiya Voljskiy | 48 | (-) |
1996 | Nalchik Spartak | 11 | (-) |
1997 | Energiya Voljskiy | 11 | (-) |
1998-1999 | Diana Voljsk | 63 | (-) |
1999-2000 | Qarabag' FK | 7 | (-) |
2000 | Salyut Saratov | 12 | (-) |
2001 | Oqjetpes FK | 6 | (-) |
2003 | Spartak Yoshkar-Ola | 32 | (-) |
2004-2007 | Energiya Voljskiy | 15 | (-) |
Boshqargan klublari | |||
2010-2012 | Mash’al Akademiya | ||
2013-2019 | Mashʼal | ||
2019-2020 | Andijon | ||
2020 | Buxoro (assistent) | ||
2021-2022 | Mashʼal | ||
2023- | Andijon | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Aleksandr Andreyevich Xomyakov (1969 -yil 5-mart) — sovet va rus futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynagan. Hozirgi vaqtda murabbiy.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kaspiysk shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1987-yilda Maxachqal’aning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1991-yilda "Sokol-Saratov" klubiga oʻtdi. 1992-yildan 1995-yilgacha Volganing „Torpedo“ darvozasini himoya qilgan. Keyinchalik, "Nalchik-Spartak", „Diana Voljsk“ va „Salyut-Saratov“ klublarida toʻp surdi. 2001-yilda Qozogʻistonga koʻchib, „Yesil-Kokshetau“da oʻynadi, 6 oʻyinda 15 ta gol oʻtkazib yubordi[1] va tez orada klubni tark etdi. 2003-yilda Yoshkar-Olaning „Spartak“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini Volga „Torpedo“sida yakunladi.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aleksandr Xomyakov murabbiylik faoliytaini Oʻzbekistonda, Muborakning „Mash’al Akademiya“ 2-jamoasida yoshlarni tarbiyalshni boshladi va 2011-yil klub bosh murabbiyiga aylandi. 2013-yilgi mavsum boshida Akademiyadagi muvaffaqiyatlaridan soʻng Muborakning asosiy jamoasi „Mashʼal“ klubining bosh murabbiyiga aylandi.[2] 2014-yil OFKning murabbiylik PRO litsenziyasini oldi.[3] 2019-yil gacha Muborakliklar bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.[4] 2019-yil mavsumning ikkinchi qismida „Andijon“ klubi bosh murabbiyiga aylandi.[5] 2020-yil mavsum boshida „Andijon“ klubi murabbiylik postini topshirdi.[6] Ikki yillik tanafusdan soʻng yana Muborakning „Mashʼal“klubi bosh murabbiyiga aylandi.[7] 2022-yilgi mavsum boshida oʻz xoxishiga koʻra bosh murabbiylikdan ketdi.[8] Hozirda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi.[9]
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2013
- Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2018
- Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: 2014
- Oʻzbekiston PFL kubogi Ikkinchi oʻrin: 2015
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ X ChYeMPIONAT KAZAXSTANA PO FUTBOLU — 2001. VISShAYa LIGA. IGRALI I ZABIVALI
- ↑ „Агамуродов ва Саркисян "Машъал"га келмайди, Хомяков ўз ўрнида қолади“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Хомяков ва Саидов ПРО лицензияси соҳиби бўлишди“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Эшитдик-да! Хомяков "Машъал"ни тарк этмоқда“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Александр Хомяков - "Андижон" бош мураббийи“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Мавсумдаги биринчи истеъфо“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Расман: Александр Хомяков "Машъал" устозига айланди“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „"Машъал": Александр Хомяков ўз аризасига кўра вазифасидан озод қилинди“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Расман: Александр Хомяков - "Андижон" бош мураббийи!“. 20-dekabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|