Kontent qismiga oʻtish

Andrey Fyodorov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Аndrey Fyodorov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Vitalyevich Fyodorov
Tavallud sanasi 1971-yil 10-aprel (1971-04-10) (55 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR Margʻilon, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 185 cm (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1991 Sovet Ittifoqi Avtomobilchi (Qoʻqon) 44 (2)
1992—1995 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 138 (38)
1998—1999 Rossiya Alaniya 42 (1)
1999 Rossiya Baltika 14 (0)
2000—2008 Rossiya Rubin 127 (15)
Total 365 (56)
Milliy terma jamoa
1994—2006 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 64 (7)
Boshqargan klublari
2012—2013 Rossiya Rubin-d
2014—2015 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) assistent
2015—2017 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
2018—2020 Oʻzbekiston Lokomotiv (Toshkent)
2021–2022 Rossiya Lokomotiv-Kazanka
2022 Rossiya Lokomotiv (Moskva)
2024– Rossiya Rubin-2 Kazan (assistent)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Vitalyevich Fyodorov (1971-yil 10-aprelda tugʻilgan, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, hozirda murabbiy. Oʻzbekiston terma jamoasida ham oʻynagan (1994—2006).

Andrey Fyodorov futbolchilik faoliyatini SSSR chempionati 2-ligasida oʻynagan Qoʻqonning „Avtomobilchi“ klubida boshlagan.

1992-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionati boshlanishi bilan Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtib, jamoada 4 mavsum oʻynagan.

1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.

1996-yilda Moskvaning „SSKA“ klubi bilan shartnoma imzolaydi, biroq maydonda hakamni urgani uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 2 yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Hodisa 1995-yil sentabr oyida „Yelimay“ klubiga qarshi Osiyo chempionlar kubogi oʻyini yakunlanganidan soʻng sodir boʻlgan, Fyodorov tojikistonlik hakam Vladimir Domladjanovni urib yuborgan. Cheklov tufayli futbolchi „SSKA“ klubida oʻynay olmagan. Keyinchalik diskvalifikatsiya muddati 12 oyga qisqartirilgan.

Shundan soʻng Andrey 2000-yilda Qozonning „Rubin“ klubiga taklif qilinadi. U klub safida 127 ta oʻyin oʻtkazib, 15ta gol urgan.

2008-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, „Rubin“ klubining sellektsiya boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi. 2012—2013-yillarda „Rubin“ klubi oʻrinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.

2014-yilning yozida Fargʻonaga qaytib, „Neftchi“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan va 2015-yilning avgust oyida klub bosh murabbiyi etib tayinlangan[1][2].

2018-yil aprel oyida „Neftchi“ klubini tark etgach, oʻsha yilgi Oʻzbekistonning amaldagi chempioni – Toshkentning „Lokomotiv“ klubi murabbiyi Andrey Miklyayev isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi[3].

Andrey Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 64 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007-yilgi Osiyo kubogi oldidan terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qilgan[4].

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
MavsumKlubDavlatLigaOʻyinlarGollar
1989Avtomobilchi QoʻqonOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston280
1990Avtomobilchi QoʻqonOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston200
1991Avtomobilchi QoʻqonOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston2362
1992Neftchi FargʻonaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston1??
1993Neftchi FargʻonaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston1??
1994Neftchi FargʻonaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston1??
1995Neftchi FargʻonaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston1??
1996Neftchi FargʻonaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston1??
1997Neftchi FargʻonaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston1??
1998Alania VladikavkazRossiya bayrogʻi Rossiya 1280
1999Alania VladikavkazRossiya bayrogʻi Rossiya 1141
1999Baltika KaliningradRossiya bayrogʻi Rossiya 1140
2000Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 2319
2001Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 2110
2002Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 2173
2003Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 1171
2004Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 1102
2005Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 1150
2006Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 1140
2007Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 1110
2008Rubin QozonRossiya bayrogʻi Rossiya 110

Xalqaro turnirlardagi gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.21-oktabr 1995"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Nigeriya2-3Magʻlubiyat1995-yilgi Osiyo-Afrika kubogi
2.25-may 1997"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Kambodja6-0Gʻalaba1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
3.7-sentabr 1997Tokio Olimpiya stadioni, Tokio, Yaponiya Yaponiya6-3Magʻlubiyat1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
4.18-oktabr 1997"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Janubiy Koreya1-5Magʻlubiyat1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
5.25-oktabr 1997"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Qozogʻiston4-0Gʻalaba1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlari
6.3-dekabr 1998700 yilligi stadioni, Chiang May, Tailand Kuvayt3-3Durang1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
7.24-noyabr 1999Tahnun bin Muhammad stadioni, Abu-Dabi, BAA Hindiston3-2Gʻalaba2000-yilgiOFK Osiyo kubogi saralash oʻyinlari.
2-yanvar 2017-yilda yangilangan[5][6]

Futbolchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Xirosimadagi Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
  • Oʻzbekiston chempioni (4): 1992, 1993, 1994, 1995-yillar
  • „Rubin“ jamoasi bilan Rossiya chempioni: 2008-yil[7]
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 1994, 1996-yillar
  • Osiyo chempionlar kubogi bronza medali sohibi: 1994/95-yillar
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi (2): 1996, 1997-yillar
  • Rossiya chempionati bronza medali sovrindori: 2003-yil
  • Hamdoʻstlik kubogi kumush medali sovrindori: 1994-yil
  • Rossiya birinchi divizioni gʻolibi: 2002-yil

Shaxsiy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: № 3 – 1997-yil[8]

Murabbiy sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]