Kontent qismiga oʻtish

Marat Kabayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marat Kabayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marat Vazihovich Kabayev
Tavallud sanasi 1961-yil 27-may (1961-05-27) (64 yosh)
Tavallud joyi Uzun tumani, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi,
yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979—1980 Avtomobilist(Теrmiz) ? (?)
1980—1986 Paxtakor 155 (25)
1986 SKA Rostov-on-Don 20 (2)
1987—1988 Paxtakor 84 (21)
1989 Dnipro Dnipropetrovsk 1 (0)
1989—1990 Paxtakor 36 (2)
1991 Umid Toshkent 17 (7)
1991—1994 Traktor Pavlodar 109 (28)
1995 Navbahor 5 (1)
1996 Qaysar 25 (0)
1997 Mejdurechensk 11 (0)
1997 Samarqand-Dinamo 5 (0)
Boshqargan klublari
2004—2005 Тraktor (Тoshkent) (yordamchi)
2008—2009 Olmaliq FK (Yoshlar jamoasi)
2009—2010 Oʻzbekiston U-19
2011 Qizilqum Zarafshon
2012—2015 Rubin (skaut murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marat Vazixovich Kabayev (ruscha: Марат Вазыхович Кабаев, tatarcha: Марат Вазыйх улы Кабаев; 1961-yil 27-mayda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik tatar millatiga mansub nafaqadagi futbolchi, SSSR sport ustasi. 2016-yil 11-maygacha Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan[1]. 2017-yil fevral oyidan boshlab oʻzi asos solgan „Xalqaro islom biznesi assotsiatsiyasi“ni boshqarib kelmoqda[2][3][4].

Marat Kabayevning ota-onasi asli tatar millatiga mansub boʻlib, Oʻzbekiston hududiga Tataristondan koʻchib kelgan, Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi shahar qishlogʻida tatar oilasida tugʻilgan[5]. Otasi Vazix Kabayev oʻz vaqtida Oʻzbekiston SSR milliy kurashi boʻyicha respublika federatsiyasining raisi boʻlgan[6]. Biroq, Maratning oʻzi bolaligidan futbol va basketbolni yaxshi koʻrgan. Birinchi murabbiyi Vladimir Matveyev boʻlgan.

Kabayev 15 yoshida Moskva shahri va Moskva viloyatidagi Mehnat zahiralari jamiyatida oʻynagan va mashgʻulotlar olib borgan. 1979-yili TermizningAvtomobilist“ jamoasi tarkibida oʻynay boshlagan. 1980-yilda „Paxtakor“ klubiga taklif qilingan. „Paxtakor“ jamoasi tarkibidagi ilk oʻyinni 28-sentyabr kuni Toshkentda „Lvov Karpati“ jamoasi bilan oʻtkazilgan. U „Tavriya Simferopol“ga qarshi uy uchrashuvida birinchi golini urgan[7].

Kabayev hujum rejasida yarimhimoyachi sifatida oʻynab hujumchilar ostida harakat qilgan. U yaxshi texnik tayyorgarlik, samaradorlik va katta harakat radiusi bilan ajralib turgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng markaziy himoyachi vazifasini oʻtagan[8].

1981-yilda SSSR yoshlar terma jamoasi bilan Tulon shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda ishtirok etgan. 1983-yilda SSSR Olimpiya terma jamoasi bilan norasmiy oʻyinlarda ishtirok etgan.

1986-yilda SKA (Rostov-na-Donu) birinchi liga klubida oʻynagan. 1987-yilda „Paxtakor“ga qaytadi va darhol jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

1989-yilda Yevgeniy Kucherevskiyning Dnepropetrovsk Dnepriga koʻchib oʻtish taklifini qabul qiladi va u yerda Federatsiya kubogi sohibi boʻladi[9]. Biroq, tez orada mashgʻulotlarning birida jarohat olib davolanish uchun biroz vaqt futboldan chetlashishga majbur boʻladi[10]. Sogʻaygach „Metalist“ga qarshi taqvim oʻyinida qatnashdi va uchrashuvlarning birida toʻpigʻidan jarohat oladi. Kabayev ikki oyda safga qaytadi va Kucherevskiydan „Paxtakor“ga qaytarishini soʻraydi.

1989-yilda "Paxtakor"ga qaytgach u yerda ikki mavsum oʻtkazib, jamoaning katta ligaga chiqishiga yordam beradi. Biroz vaqt oʻtib Kabayev 1990-yilda Isroilga joʻnab ketadi. Birinchi oʻyinda gol urishiga qaramay jarohati qaytalangani sababli shartnoma imzolay olmaydi[7].

1991-yilda 2-liganing „Umid“ jamoasida oʻynagan. 1991-yilda „Traktor“ (Pavlodar) klubiga oʻtgan. Dastlab 2-ligada, SSSR parchalanishi bilan esa Qozogʻiston chempionatida oʻynagan. U yerda jamoa sardori boʻlgan. 1993-yilda Qozogʻiston chempioni va chempionatning kumush va bronza medallari sovrindori boʻlgan. Kabayev O‘zbekistonda "Navbahor" (1995-yil chempionat bronza medali sovrindori) va "Dinamo" (Samarqand) safida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini 1998-yilda yakunlagan.

2000-yildan boshlab murabbiylik faoliyati bilan faol shugʻullana boshlagan.

2011-yilda Qozonga koʻchib oʻtgan.

2014-yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti etib saylangan[5]. 2016-yil may oyida shaxsiy sabablarga koʻra ushbu vakolatlardan voz kechgan[11].

2016-yildan buyon 2017-yil 16-fevralda Moskvada ochilishi boʻlib oʻtgan Islom bizneslari xalqaro assotsiatsiyasini (IAIB) tashkil etishda ishtirok etgan. Tadbirda IAIB va Islom Taraqqiyot Banki (Saudiya Arabistoni) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Kabayev uyushma prezidenti etib saylangan[4].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 2000—2004, 2005—2008 yillarda Toshkent shahridagi respublika futbol oliy sport mahorati maktabi murabbiyi boʻlgan.

2004—2005-yillarda Toshkentning „Traktor“, 2008—2009-yillarda Olmaliqning Olmaliq klubi oʻrinbosarlar jamoalarida bosh murabbiyi boʻlgan.

2009-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (19 yoshgacha) bosh murabbiyi lavozimida ishlagan[12]. 2010-yil yanvar oyida jamoa Granatkin memorialida „Ochilish turniri“ sovrinini qoʻlga kiritgan[13]. 2011-yilgi mavsum boshidan Zarafshonning "Qizilqum" jamoasida bosh murabbiyi lavozimida ishlagan, biroq may oyidayoq 8-turning "Bunyodkor"ga qarshi oʻyinida 1:4 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng oʻz xohishi bilan jamoani tark etgan. 2011-yil avgust oyida "Paxtakor" seleksiya xizmatiga rahbarlik qilish taklifini qabul qilgan[14].

2012-yildan 2015-yilgacha „Rubin“ (Qozon) klubining katta murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oilaviy holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali. Alina va Leysan ismli qizlari bor.

Ijtimoiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil noyabr oyida muftiy taklifi bilan Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Komil Hazrat Samigullin Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari uyushmasi prezidenti etib saylanadi[5].

2015-yil 26-iyun kuni uning rahbarligida Rossiya Federatsiyasi musulmon tadbirkorlari assotsiatsiyasi Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi bilan hamkorlikda „Qozon Arena“ stadionida iftorlik uyushtiradi.

Iftorlikka 5 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi. Tatariston Respublikasi davlat maslahatchisi Mintimer Shaymiyev va Tatariston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Rustam Minnixonovlar ham iftorlikda ishtirok etishadi[15]. 2017-yildan buyon oʻzi tashkil etgan Islom biznesi xalqaro assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.

  • SSSR Futbol Federatsiyasi kubogi gʻolibi: 1989-yil[16]
  • Qozogʻiston chempioni: 1993-yil[17]
  • Qozogʻiston chempionatining kumush medal sovrindori: 1994-yil[[18]
  • Qozogʻiston chempionatining bronza medal sovrindori: 1992-yil[19]
  1. „«Новым президентом ассоциации предпринимателей-мусульман РФ стал первый зам Марата Кабаева»“. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
  2. „Структура — Международная ассоциация исламского бизнеса IAIB.world“ (ru). Международная Ассоциация Исламского Бизнеса. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  3. „Исламский бизнес в России“ (ru). mir24.tv. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  4. 1 2 „В Москве представили Международную ассоциацию исламского бизнеса“ (ru). Ислам и мусульмане в России и в мире (2017-yil 16-fevral). 2018-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  5. 1 2 3 „Отец Алины Кабаевой стал главным исламским бизнесменом Татарстана“. 2017-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-noyabr.
  6. „Марат Кабаев: «У Семина все получится»“. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-may.
  7. 1 2 „Юбилей Марата Кабаева“ (deadlink). 2012-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-may.
  8. Viktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 77. ISBN 978-5-604-10716-4
  9. Viktor Xoxlyuk: "O tom, kak obozrevatel „Interfutbola“ trofei Marata Kabaeva Naxodil" // „InterFutbol“. – № 28 (496), iyul 2018. – s. 12—13.
  10. „Марат Кабаев: «Буряк громко ругался — в номерах киевлян отключили воду»“. 2017-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-may.
  11. „Новым президентом Ассоциации предпринимателей-мусульман РФ избран Айдар Шагимарданов“ (ru). www.tatar-inform.ru. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  12. U rulya novoy „molodejki“ vstal bivshiy paxtakoroves[sayt ishlamaydi]
  13. „Мемориал Валентина Гранаткина“ (deadlink). 2012-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-yanvar.
  14. Izvestniy v proshlom futbolist Marat Kabaev naznachen rukovoditelem seleksionnoy slujbi „Paxtakora“[sayt ishlamaydi]
  15. „«Если следовать математической прогрессии, в следующем году должно быть 10 тысяч»“. 2017-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyul.
  16. Хохлюк, Виктор Николаевич. „О том, как обозреватель «Интерфутбола» трофеи Марата Кабаева находил“. InterFutbol.uz (2018-yil 19-iyul). 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  17. Хохлюк, Виктор Николаевич. „О том, как обозреватель «Интерфутбола» трофеи Марата Кабаева находил“. InterFutbol.uz (2018-yil 19-iyul). 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  18. Хохлюк, Виктор Николаевич. „О том, как обозреватель «Интерфутбола» трофеи Марата Кабаева находил“. InterFutbol.uz (2018-yil 19-iyul). 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  19. Хохлюк, Виктор Николаевич. „О том, как обозреватель «Интерфутбола» трофеи Марата Кабаева находил“. InterFutbol.uz (2018-yil 19-iyul). 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.