Anʼom surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(An'om surasidan yoʻnaltirildi)
Aʼrof    6–sura   Moida
Anʼom surasi — سورة الأنعام
Qurʼon nusxalaridan biridagi Anʼom surasi sarlavhasi. Baʼzi bir maʼlumotlar bilan.
Sura6.pdf
Suraning arabcha matni
Surani tinglash  
Nomining maʼnosi Chorvalar
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sahifasi 128–150[1]
Juz 7-8
Sura raqami 6
Oyatlar soni 165
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 20
Soʻzlar soni 3055
Harflar soni 12418
Nozil boʻlish tartibi 55

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari quron.uzda
quran.uzda
Tilovat tartibi
Aʼrof surasi  Keyingisi 6 Oldingisi  Moida surasi
Nozil boʻlish tartibi
Saffot surasi   Keyingisi 55 Oldingisi  Hijr surasi
IslamSymbol.svg       Folder Hexagonal Icon.svg       Wiktionary-logo-ru.png       Wikiquote-logo.svg       Wikisource-logo.svg       Commons-logo.svg





An'om surasi (arab. سورة الأنعام‎‎,, Chorvalar) — Qur'oni Karimning oltinchi surasi. Madinada nozil bo'lgan, 165 oyatdan iborat.

Asosiy mavzusi[tahrir]

Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada so‘z e’tiqod va iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu e’tibori bilan Madinada nozil bo‘lgan Baqara, Ol-i Imron, Niso va Moida suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning o‘ziga xos belgilari — ro‘za, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va boshqalar xususida so‘zlanmaydi. Balki unda e’tiqod va iymonga aloqador markaziy masalalar — Allohning zoti va sifatlari, vahiy va payg‘ambarlik mohiyati hamda qayta tirilish va qiyomat kunida bo‘ladigan hisob-kitob borasida so‘z yuritiladi.

«An’om»dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, ma’budlikda ham yagona, deb uqtiradi. Yana u payg‘ambarlar otasi - Ibrohim alayhis-salom va uning zurriyotidan bo‘lgan bir qancha payg‘ambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari, yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu dunyoda Allohning xalifasidir, deb ta’kidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning o‘z qo‘lida ekanligi yana bir bora eslatib o‘tiladi. Boshqa suralar bo‘linib-bo‘linib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada daf’atan to‘la nozil bo‘lgan.

Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi xukmlar ham bayon etilgani uchun u «An’om» — «Chorvalar» deb ataladi.

Havolalar[tahrir]

An'om surasi

Keyingisi: Aʼrof surasi Wikisource-logo.svg 6-sura — arabcha matni Oldingisi: Moida surasi


  1. 604 sahifali Qurʼonda.