Amrillo Inoyatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amrillo Shodiyevich Inoyatov
Амрилло Шодиевич Иноятов
Amrillo Inoyatov.jpg
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2022-yil 28-dekabrdan — 
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Behzod Musayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-noyabr 1979-yil (1979-11-13) (43 yosh)
Buxoro
Dini Islom, hanafiylik[manba?]
Ilmiy unvoni tibbiyot fanlari doktori, professor
Mukofotlari GRE Order of the Phoenix - Silver Cross BAR.png

Amrillo Shodiyevich Inoyatov (13-noyabr, 1979-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori va davlat arbobi, 2022-yil 28-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri[1]. 2020-yilning iyulidan 11-noyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari[2]. 2021-yil yanvar oyidan boshlab Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori[3][4].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan.

2001-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

2001—2002 — Buxoro davlat tibbiyot instituti Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida kichik ilmiy xodim.

2006—2008 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi assistenti.

2008—2009 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri — bir vaqtda fan va yangi texnologiyalar kafedrasi mudiri.

2009—2010 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani — bir vaqtning o‘zida jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri.

2010—2012 — Buxoro davlat tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri — akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limining sirtqi bo‘limi boshlig‘i.

2012—2014 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.

2014—2015 — Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali stomatologiya fakulteti dekani.

2015—2016 — Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali direktori.

2016—2017 — Buxoro davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani.

2017—2020 — Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori.

2020-yil iyul-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari.

2020-yil 3-noyabrdan 2022-yil 28-dekabrgacha sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari[5][6].

2021-yildan hozirgi vaqtgacha JSSTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori[7].

2022-yil 28-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.

2023-yil 14-yanvarda tibbiy ta’limni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun Turkiya Sog‘liq bilimlari universitetining faxriy professori unvoni berildi[8].

Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 6-fevralda shifokorlarning sharoitini yaxshilash korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifga Amrillo Inoyatovning „Bemorga mehr bilan yondoshsangiz, rozi bo‘lib, o‘zi sizga berib ketadi“ mazmunidagi fikri ijtimoiy tarmoqlarda turli eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirib, „Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortishiga hamda shifokor kasbi mavqeining pasayishiga, sog‘liqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi“, — deya bayonot bergan[9][10].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yildan „World Medicine Journal“ tahrir hay’ati raisi[11].

„Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan yosh bolalarning immunitet tizimining holati“[12], „Tugʻma lab va tanglay yorigʻi boʻlgan bolalarda immun mediatorlari darajasi“[13] (2012), „Metal-keramika va sirkoniy protezlar bilan protezlash paytida periodontal toʻqimalarning strukturaviy va funktsional oʻzgarishlarini qiyosiy baholash“ (2020) kabi ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-darajali „Salomatlik“ ordeni bilan mukofotlangan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi — Inoyatov Shodi Shodiyevich (1954-yilda tugʻilgan).

Onasi — Istatova Munira Istatovna.

Uylangan, ikki farzandi bor.

Turmush oʻrtogʻi — Inoyatova Nilufar Rahmatovna, plastik jarroh, dermatolog va kosmetolog (1981-yilda tugʻilgan).

  • Qizi — Shodiyeva Malika Amrilloyevna (2008-yilda tugʻilgan).
  • Oʻgʻli — Inoyatov Azizxoʻja Amrilloyevich (2014-yilda tugʻilgan).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi“. Qaraldi: 30-dekabr 2022-yil.
  2. „Назначен первый заместитель министра здравоохранения“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.
  3. Oic Ircica. „Conference: “The Legacy of Abu Ali ibn Sina: Western and Eastern Scientists’ Approaches”“ (en). IRCICA.org (16-avgust 2022-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2022-yil.
  4. „WHO national counterpart and national technical focal points“ (en). WHO.int. Qaraldi: 1-dekabr 2022-yil.
  5. „Назначен замсоветника президента по вопросам молодежи, науки и спорта“ (ru). Газета.uz (17-iyul 2020-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.
  6. uza.uz. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (uz). Uza.uz (25-avgust 2021-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.
  7. „Home“ (en). www.who.int. Qaraldi: 1-dekabr 2022-yil.
  8. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiya universiteti faxriy professori bo‘ldi
  9. „"Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid" — Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifiga munosabat bildirdi“.
  10. „Amrillo Inoyatov shifokorlarning fuqarolar tomonidan rag‘batlantirilishini yoqladi. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirdi“.
  11. „Editorial Board“ (en). World Medicine Journal (2020).
  12. (en) Состояние иммунной системы детей раннего возраста с врожденной расщелиной губы и неба (Medical and Health Science Journal nashri). 2012. https://www.researchgate.net/publication/269601156_The_condition_of_immune_system_of_infants_with_congenital_cleft_lip_and_palate. 
  13. „The level of mediators of immune response in infants with congenital cleft lip and palate“ (en). Open Access Library. Qaraldi: 1-dekabr 2022-yil.