Abduhakim Hojiboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Abduhakim Moʻminovich Xajiboev
Abduhakim Hojiboyev.jpg
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri
Mansabda
2020-yil 3-noyabr — 
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Alisher Shodmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-noyabr 1951-yil (1951-11-02) (69 yosh)
Toshkent viloyati Zangiota tumani, Oʻzbek SSR
Mukofotlari

El-urt khurmaty rib.png

Andoza:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi

Abduhakim Moʻminovich Hojiboyev (1951-yil 2-noyabr, Zangiota tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik shifokor, olim va davlat arbobi, tibbiyot fanlari doktori. 2020-yil 3-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri.

Biografiya[tahrir]

  • 1951-yil 2-noyabrda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.
  • 1974-yilda — Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan[1].
  • 1974-1975- yillarda — 1-sonli Respublika klinik kasalxonasida stajyor boʻlib faoliyat yuritgan.
  • 1975-1990 yillarda — Butunittifoq Klinik va eksperimental jarrohlik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent filialida jarroh kichik ilmiy xodim, tadqiqotchi keyinchalik katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.
  • 1981-yilda — nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan[2].
  • 1990-1999-yillarda — dastlab bosh ilmiy xodim, keyinchalik akademik V. Vohidov nomidagi jarrohlik ilmiy markazi (hozirgi V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) boʻlim mudiri boʻlib ishlagan.
  • 1999-2000 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bosh direktorning ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻrinbosari sifatida ishlagan[3].
  • 2000-2003 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi boshqaruvchisi.
  • 2003-2007 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan[4].
  • 2007-2016 — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimida ish yuritgan[5].
  • 2016-2017 — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • 2017-2020 - Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari.
  • 2020-yil iyuldan noyabrgacha — Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
  • 2020-yil 3-noyabrda — Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi[6].

Manbalar[tahrir]