Kontent qismiga oʻtish

Toq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toq (arab.) — meʼmorchilikda qoʻllaniladigan termin. Binoning yarimshar shaklida ishlangan eshik, darvoza tepasi va peshtoqidagi ravoq; bino va inshootlarning yarimsharsimon qilib ishlangan tomi, gumbaz ostidagi rasta. Oʻrta asr Oʻrta Osiyo shaharlaridagi toʻrt ravoqli (toq ravoqli) gumbazli inshoot. Asosiy savdo zali, qator savdo rastalari hamda hunarmandlar ustaxonasidan iborat boʻlib, shahar markazi, chorraha va chorsularida bunyod etilgan. Qator usti yopiq bozorlar chorsu, kappon, tim va boshqa nomlarda atalgan.