Ulugʻbek madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ulugh bek madrasah.jpg

Ulugʻbek madrasasiBuxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1417). Ulugʻbek qurdirgan Z madrasaning eng qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta taʼmir ishlari olib borilgan (1586). Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtogʻida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravokli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga oʻgiladi. Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, gʻishtdan toʻrsimon shakl qilinib, oralariga koʻk va havo rang koshin terilgan. Hovli (26x25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori va peshtoqli 2 ayvon egallagan. Hovlining shim. va jan. tomonlari qisqaroq koʻrinishga ega boʻlib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang sirkor gʻishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvokli. Madrasa (53x41,6 m) uncha katta emas, hujralari moʻʼjaz, oʻzaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi oʻziga xos. Masjid (15,5*5,5 m) va darsxona (5,5x5,5 m) gumbazli, miyonsaroyning 2 yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning 2qavatida kutubxona bor. Xoʻja Saʼd Joʻyboriy tomonidan tashqi pesh togʻi va yonlaridagi hujralar taʼmir etilib (1586), peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli gʻarbidagi hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida taʼmirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, Ulugbek (1419 y. 28 noyabrda) madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga inʼomlar ulashgan. Bizgacha Ulugʻbek madrasasi ancha oʻzgargan holda yetib kelgan. 16—17-a.larda, 1950—70 va 1990—96 yillarda taʼmirlangan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar koʻp. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga arab tilida "Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir", degan ibora oʻyib yozilgan.

Ulug'bek madrasasining tarixi[tahrir]

Registon maydonidagi me’moriy majmuani tarkib topishi, 1417 yilda yosh olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlandi. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan bo‘lib, uning sathi 81x56 m.

Bino loyihasining muallifi o‘z zamonasining mashhur olimi Qavmiddin Sheroziydir. Hirotdagi hukumdorlar uchun qurilgan aksar me’morchilik majmualari ham, uning ijodiga mansub bo‘lgan. Ulug‘bek madrasasi binosi me’morchilik asari sifatida Sharq binolarning mumtoz namunasidir. Avval ta’kidlaganimizdek, XV asrda Registonda qurilgan barcha inshootlaridan birgina shu Mirzo Ulug‘bek madrasasi bir muncha xaroba holida bo‘lsa ham, bizgacha yetib kelgan. Madrasa ikki qavatli bo‘lib, 55 ta hujra va to‘rt burchagida katta darsxonalar va ayvonlardan iborat bo‘lgan. Maxsus o‘qish uchun belgilangan hujralarda 2-3 tolibi ilmlar o‘qigan va yashagan. Har bir xona uch vazifani ijro etgan (o‘qish, yashash va alohida qismida kerakli narsalarni saqlash). Darsxonalarda alohida guruhlar uchun fan mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Ayvonlar yozgi darsxona vazifasini bajargan. G‘arbdagi ikki darsxona o‘rtasida, masjid xonaqosi joylashgan. Uning ikkita darsxona, hamda hovli bilan bog‘lovchi eshiklari bo‘lgan.

Madrasa baland peshtoqlidir. Uning yon tomon devorlari ko‘rinishlari, yirik xandasaviy naqshlar bilan qoplangan. Umuman olganda madrasa naqshlarga boy, chiroyli, ajoyib, o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Oddiy g‘isht bilan rangli bezaklangan, g‘ishtlarni birga qo‘shib ishlatish, hamda koshinburish va marmar o‘ymakorligi namunalari yaxlit, badiiylikni tashkil qiladi. Naqshlardagi rang-barang, yulduzsimon tasvirlar va suls xatida bitilgan muqaddas Qur’ondan keltirilgan oyatlarni o‘zi ham, Mirzo Ulug‘bekni buyuk donishmand olimi ekanligiga ishoradir. Madrasaning to‘rt burchagidagi baland minoralar, binoni yana ham ko‘rkam va salobatli qilib ko‘rsatib turibdi.

Ulug‘bek qurdirgan ushbu madrasa, o‘z davrining ilg‘or, barcha sharoitlarga ega mukammal oliy o‘quv yurtidir. Sharqdagi birinchi dorilfunun va keng imkoniyatlarga ega ilmiy muassasa sifatida ham katta shuhrat qozondi. Butun dunyoda Ulug‘bek akademiyasi sifatida mashhur bo‘ldi. Bu fikrimizni isboti sifatida yevropalik mashhur yozuvchi, faylasuf va tarixchi olim Volterning (1694-1778 yy.) quyidagi fikrini keltirishni o‘zi kifoya «Transak-siyanada uning (Amir Temur) o‘rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi. Astronomik jadvallarni tuzishda ishtirok etdi».

Ushbu akademiyada Mirzo Ulug‘bek bir necha yuzdan ziyod olimlarni tarbiyalagan. Nomi jahonga mashhur Samarqand rasadxonasi esa ustoz va shogirdlarning koinot sirlarini o‘rganish markaziga aylangan. Bundan tashqari Ulug‘bekning Buxoro va G‘ijduvondagi madrasalari ham, poytaxtdagi akademiyaga qarashli zamona dorilfununlari edi.

Ulug‘bek madrasasining kirish peshtoqi ikkinchi qavatidagi xonalarida diniy va dunyoviy fanlarga oid katta kutubxonasi mavjud bo‘lgan. Buyuk Amir Temur va farzandlari tomonidan jamlangan kitoblarning ko‘pi ana shu yerda saqlangan. Ulug‘bek madrasasida barcha diniy va dunyoviy fanlardan chuqur bilim, hamda ta’lim berish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Madrasada ta’lim beradigan yuzdan ziyod zamonasining mashhur olimlarning ishlashlari uchun kerakli barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lgan. Barcha olimlar bilan Ulug‘bekning o‘zi bevosita suhbat o‘tkazgan va ilmi mukammalligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, mudarrislikga ruxsat bergan.

Mashhur olimlardan – Mavlono Muhammad Xavofiy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshed, Mu’iniddin Koshiy madrasaning yetakchi olim va mudarislaridan bo‘lgan. Madrasada boshqa olimlar bilan bir qatorda Ulug‘bekning o‘zi va shogirdi Ali Qushchi ham turli fanlardan dars bergan. Uchinchi darajalik algebrik tenglamaga olib kelgan, bir gradus yoyning sinusini aniqlash, Ulug‘bek va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo‘lgan bo‘lsa, yashash joylarining koordinatlarini aniqlash, 1018 yulduzni o‘z ichiga olgan, mukammal yulduzlar jadvalini tuzish, bexato bo‘lgan, quyosh yilining 365 kun, 10 daqiqa 8 soniyadan iboratligini hisoblab chiqish (xatosi 0,58 soniya), ekleptikani yerga nisbatdan og‘maligi va yetti sayyoraning harakatini kashf etishi Samarqand akademiyasini dunyoga tanitdi, hamda butun ilmu-fan namoyandalari diqqatini o‘ziga jalb eta oldi. Samarqand, dunyoda yagona aniq fanlar markaziga aylandi.

Madrasada ta’limi uch bosqichdan iborat bulgan: birinchi bosqich «ando» yoki «past qadam» boshlang‘ich bo‘limi. Ikkinchi bosqich «avsat» yoki «miyona», o‘rta bo‘lim, uchinchi bosqich «a’lo» yoki «peshqadam» oliy bo‘lim. Iqtidorli toliblar, bu bo‘limlarning har birida to‘rt besh yillab qunt bilan o‘qishardi. Natijada, madrasada tahsil olib, uni dasturi bo‘yicha asosiy fanlarini to‘la o‘zlashtirgan va imtihon saboqlarida o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga: «Sanad- shahodatnoma» yozib berilgan. Madrasada o‘qish va o‘qitish bepul bo‘lib harajatlar vaqfnoma orqali ta’minlangan.

Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida mudarrislik qilgan olimlarning bir qismi turli fanlardan toliblarga dars berish bilan birga, matematika, jo‘g‘rofiya, xandasa va astronomiya bo‘yicha amaliy masalalar bilan ham shug‘ulanganlar. Rasadxona qurilib ishga tushirilgunga kadar, osmon jismlarining harakat holatini kuzatish ishlari, ma’lum darajada shu madrasada va Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan «Muqatta’» masjidida olib borilgan edi. Jahonga mashhur olim sifatida tanilgan Miram Chalabiy va Abul Ali Birjandi shu davrlarda taxsil olishgan.

Tarixchilar: Sharoffutdin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoqi Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Isfahoniy, Davlatshohi Samarqandiy; adabiyot namoyandalari: Qutb Sayfi Saroyi, Lutfiy, Haydar, Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoyi, Sakkokiy va boshqalar shu yerda voyaga yetgan va ijod qilgan. Abduqodir Naimiy, Qulmuhammad Shatqiy, Husayn Udi, Shohquli Gijjakiy, Qosim Rabboniy, Darvish Ahmad, Qonuniy, Xo‘ja Yusuf Andijoniy, Ustoz Shodi, Jamshid Tabliy kabi musiqa fani namoyandalari. Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzakhib, Xoji Muxammad Naqqosh va shoh Muzaffar kabi mo‘yqalam sohiblari yetishadi.

Hattotlar Mirali Tabriziy, Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon, Xalvoi Rafiqiy va boshqalar ham shu davr namoyondalari hisoblanadilar. XV asrda Samarqand ilm va adabiyot markazi sifatidagi shon-shuhrati butun Sharq dunyosida mashxur edi. Shaharga dunyoning barcha burchaklaridan faqat mashhur olimlargina emas, balki ko‘plab shoir-u shuarolar ham kelib turishardi. Butun dunyoga tanilgan mashhur shoirlardan Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham Hirotdan Samarqandga kelishgan va Mirzo Ulug‘bek madrasasida ta’lim olishgan. 1465-1469 yillarda Samarqandda bo‘lgan ulug‘ o‘zbek shoiri va muttafakiri, jamoat arbobi Alisher Navoiy ham astronomiya, jo‘grofiya, tarix, adabiyotshunoslik bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada boyitgan. Bu borada uning Ulug‘bek madrasasida ikki yil olgan ta’limi, keyingi hayotida muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqanddagi XV asrda qurilgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi sharq me’morchiligining eng nodir yodgorliklaridan bo‘lib, haqli ravishda o‘rta asr musulmon arxitekturasining noyob durdonasi deb hisoblanadi.

Manbalar[tahrir]

Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi - SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI VA MUZYeYLARI BO‘YIChA EKSKURSIYa MATNLARI, 2010