General-gubernator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

General-gubernator - 1) 1703— 1917 yillarda Rossiya mahalliy maʼmuriyatidagi oliy mansab. Uning qoʻlida fuqarolik va harbiy hokimiyat bulgan. 1775-yil Rossiyada bir yoxud bir necha gubernya yoki viloyat (oblast)lardan tashkil topgan maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilib, ularni G.-g.lar boshqargan. Mas, Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan (1867). Turkistonning birinchi G.-g.i etib K. P. fon Kaufman tayinlangan. 2) Britaniya Hamdoʻstligi mamlakatlari tarkibida boʻlib, ingliz qirolini davlat rahbari sifatida tan oluvchi ayrim davlatlar (odatda, sobiq dominionlar) da ingliz qiroli nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxs.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil