Qorasuv (Oʻsh viloyati)
Qorasuv | |
---|---|
shahar | |
40°42′0″N 72°53′0″E / 40.70000°N 72.88333°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Viloyat | Oʻsh |
Tuman | Qorasuv |
Hukumat | |
• Hokim | Ahmadjon Rahimov |
Qachondan beri shahar | 1960 |
Maydon | 387 km2 (149 kv mi) |
Markazi balandligi | 780 m |
Rasmiy til(lar)i | qirgʻiz, rus |
Aholisi (2009) |
20 900 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, qirgʻizlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | 3232 |
Avtomobil kodi | O, Z |
|
Qorasuv — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi shahar (1960-yildan). Oʻsh-Qorasuv vohasida, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Aholisi 17,9 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Andijon — Jalolobod temir yoʻl liniyasida. Q.dan Oʻshga temir yoʻl shoxobchasi oʻtgan (22 km). Paxta tozalash, moy ekstraksiya, avtomobil taʼmirlash zavodlari, avtokorxona, un mahsulotlari kti bor. Avtovokzal, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi.
Qorasuv — (qirgʻizcha: Кара-Суу) - Qirgʻizistondagi shahar, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumanining maʼmuriy markazi. 1960-yili shahar maqomi berilgan aholisi soni 21 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 38,7 km². Viloyat markazi sanalmish Oʻsh shahridan 24 km uzoqlikda va mamlakat poytaxti Bishkekdan 650 km uzoqlikda joylashgan. Shaharda 10 maktab, 1 gimnaziya, 1 musiqa maktabi va 3 bolalar bogʻchasi 6 bozor bor. Shuningdek Qorasuvning oʻzida 3 joʻme masjid, 15 yaqin mahalla masjidlar, 3 kasalxona, 1 poliklinika, 1 istiroxat bogʻi hamda Qorasuv tumanidagi madaniyat uyi bor.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qorasuv shahri Qirgʻizistonning eng rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda:
- АJ «Ак-Алтын»
- АJ «Аска»
- DАJ «Дан-Азык»
- АJ «Улук-Нан» (non zavod)
- АJ «Авторемзавод» (dvigatel/tamirlash zavodi)
- АJ «Сельхозтехника»
- MchJ «Буудай-Нан» (non kombinati).
- Markaziy qorasuv bozori
Qorasuvning aholisi asosan savdo sotiq bilan shugʻillanadi shaharda 11 asadorlik jamiyati, 6 masuliyati cheklangan jamiyati va 45 yaqin kichik ishxonalar bor. Shaharda non va nonmahsulotlari un qayta ishlanib eksport qilinadi. Qorasuv shahri Qirgʻiziston janubiga kirib keluvchi yagona temir yol mavjud poezdlar avval Qorasuv punktga tushirilib kegin boshqa shaharlarga elitiladi. Qorasuv markazi bozorida 2010-yilga qadar bozirda 10 000 cavdogor 15 000ga yaqin ishchilar ishbilan tamillangan edi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar aholisi 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 21 000 ga yaqin. Qorasuv aholisi juda zich joylashgan.
- oʻzbeklar 13 331 yoki 62,06 %
- qirgʻizlar 6 611 yoki 30,77 %
- tojiklar 333 yoki 1,55 %
- uygʻurlar 272 yoki 1,27 %
- ruslar 234 yoki 1,09 %
- qozoqlar 123 yoki 0,57 %
- ozarbayjonlar 69 yoki 0,32 %
- dunganlar 31 yoki 0,14 %
- turklar 28 yoki 0,13 %
- ukrainlar 16 yoki 0,07 %
- koreyslar 8 yoki 0,04 %
- armanlar 3 yoki 0,01 %
- chechenlar 2 yoki 0,01 %
- belaruslar 1 yoki 0,00 %
- yevreylar 1 yoki 0,00 %
- boshqalari 122 yoki 0,57 %
- Umumiy 21 482 yoki 100,00 %
Sport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda sportning 5 xil turi mavjud yoshlar asosan erkinkurash va futbol bilan shugʻulanadi 10 ga yaqin sport inshoatlari mavjud.
Ulardan Roʻzi ohun xoji erkin kursh sport saroyi
Milliy tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda 1992-yildan 2010-yilgacha Mirahmedov Tolibjon nomidagi Oʻzbek milliy-madaniy markazi ishlagan.
Diniy holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qorasuv aholisining 98%-ini musulmonlar tashkil qiladi.[1] Shaharda; ikkita joʻme masjid
va 15 ga yaqin kichik masjidlardan tashkil topgan. Quroni Karim o'rganish ilmiy markazi joylashgan
Qorasuvda tavallud topgan taniqli insonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alouddin Mansur — imom, islomshunos tarjimon. Qurʼonni oʻzbek tiliga izoh berib tarjima qilgan. Ushbu tarjima ilk bor Sharq Yulduzi oynomasida chop etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность постоянного населения по отдельным национальностям (на начало года, человек) по национальности[sayt ishlamaydi] (База данных Национального Статистического Комитета Кыргызской Республики)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |