Ahmet Necdet Sezer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sezer Axmet Nejdet (1941.13.9, Afʼyon sh.) — Turkiya davlat arbobi. Anqara universitetining huquqshunoslik ftini tugatgan (1962). 1962 yildan Ankara, Dijla va Yerkoy sh.laridagi sud organlarida ishlagan. 1983 yildan Turkiya Oliy sudi aʼzosi, 1988 yildan Konstitutsion sudi haqiqiy aʼzosi, 1998 yildan Turkiya konstitutsion sudi raisi. 2000 y. 16 maydan Turkiya Respublikasi prezidenti.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil