Modarixon madrasasi
Coordinates: Missing latitude
Modarixon madrasasi - Buxorodagi Abdullaxon madrasasi qarshisida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (1566— 67). Ikkalasi Qoʻshmadrasa majmuasini tashkil qiladi.
Tarixi[tahrir]
Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan (nomi ham shundan).
Meʻmorchiligi[tahrir]
Madrasa chorsi tarhli (67x45 m), 2 qavatli. Bosh tarzida ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli, oldi ravoqli 3 kiyemga ajratilgan xonalar oldi handasiy uslubda koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Burchaklarida sirkor gʻishtlar bilan naqshlangan guldastalar joylashgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa tomonlari bezaksiz. Oʻrtasidagi toʻgʻri toʻrtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzidagi miyonsaroy, darsxona va masjid, hovli toʻrining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz bilan qoplangan. Bagʻallari ganchdan toʻrsimon shaklda ishlangan.
Modarixon madrasa devori qurilmasi 16-asr Buxoro meʼmorligiga xos boʻlib, ikki chekkasi pishiq gʻishtdan terilgan, oʻrtasi siniq gʻisht boʻlaklari bilan toʻldirilgan. Madrasa binosi 1997— 98 yillarda taʼmirlangan.
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |