Tohir Kapadze
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tohir Veysalovich Kapadze | ||
Tavallud sanasi | 10-may 1955-yil | ||
Tavallud joyi |
![]() ![]() | ||
Boshqargan klublari | |||
Years | Team | ||
198?—? 198?—? 1991 2011 201? 2013—2014 2015 2015—2017 |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Tohir Veysalovich Kapadze (10-may 1955-yil) — oʻzbek futbol murabbiyi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yoshligida SSSR chempionatining turli liga bahslarida ishtirok etib, Oʻzbekiston SSR klublari safida toʻp surgan. 1970-yillarda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ va Quvasoyning „Sementchi“ jamoalari murabbiylaridan biri boʻlgan. 1991-yilda „Avtomobilchi“ jamoasiga rahbarlik qilgan.[1]
Oʻzbekiston futbol federatsiyasida faoliyat yuritgan. 2011-yilda Vadim Abramov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, Marat Miftaxutdinov va Tohir Kapadze uning yordamchilari etib tayinlanadi.[2][3] 2013-yilda Oʻzbekiston chempionati oliy ligasiga qaytib „Qoʻqon-1912“ klubi bosh murabbiyligiga saylangan.[4] Jamoani 2013—2014-yillarda boshqargan. 2015-yildan Fargʻonaning „Neftchi“ klubida faoliyatini davom ettirgan.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Farzandlari Timur, Denis va Kamronbeylar ham futbolchi[5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „«Нефтчи» Тохир Кападзе“. 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
- ↑ „Олимпийской сборной Узбекистана будут руководить два местных тренера“ (deadlink). 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
- ↑ „Мнения перед игрой: Тахир Кападзе“. 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
- ↑ „Тохир Кападзе: «Тенг ўйинда омад биз томонда бўлди»“. 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-sentyabr 2015-yil.
- ↑ „Тимур Кападзе: «В Казахстане чемпионат сильнее, чем в Эмиратах»“ (deadlink). 25-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- kokand1912.uz: Тохир Вейсалович Кападзе[sayt ishlamaydi]
|