Xususiy sektor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xususiy sektor - iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xoʻjalik yuritishning erkin bozor usullariga, iktisodiy aloxidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor shtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. Oʻz navbatida, nodavlat sektori xususiy va jamoa sektorlariga boʻlinadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh boʻgʻini. Xususiy sektordagi moddiy va moliyaviy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlar xususiy mulk hisoblanadi. Bu sektor xususiy korxonalar, firmalar, moliya kompaniyalari, xoʻjaliklar, banklar, jamgʻarmalardan iborat va iktisodiyotning hamma tarmoqlarida amal qiladi.

Xususiy sektor tarixan anʼanaviy tizim davrida ibtidoiy jamoaviy xoʻjaliklar vayronalarida yuzaga kelgan. Mehnat unumdorligi oʻsib, jamoadan ajralgan holda yakka tarzda mehnat kilib tirikchilik oʻtkazish imkoni paydo boʻlishi bilan xususiy xoʻjaliklar yuzaga keladi. Ular koʻpayib ketgach, Xususiy sektor paydo boʻladi. Chunki Xususiy sektor ayrim xoʻjalik emas, balki xoʻjaliklar majmui xisoblanadi. Xususiy sektor bir necha ming yillar davomida saqlanib qolgan jamoaviy sektor bilan yonmayon rivojlandi. Biroq davlat paydo bulishi bilan davlat sektori yuzaga keldi. Shu davrdan eʼtiboran iktisodiyotning sektorlarga aniq ajralishi yuz berdi. Anʼanaviy tizim boskichida Xususiy sektor naturalisteʼmolchi iktisodiyotga xizmat qilgan, u oʻzini oʻzi taʼminlashi uchun mahsulotlar yaratgan, unda barter aloqalari boʻlgan, ondasonda tovarpul aloqalari uchrab turgan. Bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi munosabati bilan Xususiy sektor tovar ishlab chiqaruvchi korxona va xoʻjaliklar majmuasiga aylandi. Bu sektor bozor qonunqoidalariga binoan rivojlanadi, pul munosabatlari iqtisodiy aloqalarning asosini tashkil etadi, iqtisodiy faoliyat foyda topishga qaratiladi, u erkin yollanma mehnatni qoʻllashga asoslanadi, mehnatdan iqtisodiy manfaatdorlik paydo boʻlib, iqtisodiy stimullar kuchga kiradi. Natijada Xususiy sektor jadal usadi.

19-asr oʻrtalaridan industrial mamlakatlarda Xususiy sektor bozor tizimining bosh boʻgʻini sifatida rivojlanib keldi. 21-asr boshlariga kelib Xususiy sektor tartibli rivojlana boshladi. Bu yerdagi iktisodiy faoliyat oʻzining ijtimoiyligi, yaʼni jamiyat farovonlikni taʼminlashga qaratilishi bilan ajralib turadi, uning tartiblanib turishida bozor kuchlari bilan birgalikda davlat xam qatnashadi. 20a oxiri — 21-asr boshlariga kelib sobiq sotsialistik mamlakatlarning rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishi bilan jahondagi 25 mamlakatda (bular jumlasiga Oʻzbekiston ham kiradi) koʻp sektorli iktisodiyot paydo boʻldi, uning tarkibida ilgari davlat sektorini tashkil etgan korxonalarni xususiy korxonalarga aylantirish; korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, yangi xususiy korxonalar ochish; tomorqa xoʻjaligini xususiy dehqon xoʻjaligiga aylantirish; sobiq jamoa xoʻjaliklari (kolxoz)lar asosida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va boshqa yoʻllar bilan davlatning faol ishtirokida, uning rahbarligida oʻtkazilgan bozor islohotlari jarayonida Xususiy sektor koʻlami kengaydi. Xususiy sektorning iktisodiyotdagi oʻrni 3 koʻrsatkich bilan baholanadi: 1) asosiy kapitaldagi hissa; 2) ishlovchilar sonidagi hissa; 3) yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi hissa. Bular orasida Xususiy sektorning YAIMdagi hissasi asosiy, unga qarab Xususiy sektorning iktisodiyotdagi mavqei anikdanadi.

Oʻzbekistonda Xususiy sektor xususiy korxonalar, asosan, kichik va oʻrta biznes korxonalar idan, yakka tadbirkorlardan, fermer va dehqon xoʻjaliklari va xususiy banklardan iborat. 2003 yilda Oʻzbekistonda 92,4 ming xususiy korxona, 87,6 ming fermer xoʻjaligi va 97,2 ming yakka tartibda tadbirkorlik kiluvchilar faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston iqtisodiyotida Xususiy sektorning YAIMdagi hissasi 2003 yilda 74,5% ni tashkil etdi, 2148,1 ming gektar yerga ega boʻlgan fermer xoʻjaliklarida 603 ming kishi band boʻldi. Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining turli sohalarida Xususiy sektor har xil mavqega ega. Uning rivojlanish darajasi boʻyicha savdosotiq va yoʻlovchi transporti, qurilish va qishloq xoʻjaligi oldingi oʻrinlarda boʻlsa, sanoat, yuk transporti, havo transporti, aloqa va bank sohasi keyingi oʻrinlarda turadi.

Ahmadjon Oʻlmasov, Farrux Vahobov.