Nasos stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nasos stansiyasi - suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasos stansiyasiga boshkarish apparatlari, elektr N. yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish pod-stansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va boshqalar) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovo-di va zulfindan iborat boʻladi. Me-liorativ (sugʻorish) Nasos stansiyasining qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi N. yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va boshqa uchun yirik Nasos stansiyasi qoʻllaniladi.

Vodoprovod Nasos stansiyasi suvni manbadan suv taʼminoti joyiga koʻtaruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmogʻiga uzatuvchi koʻtarish st-yalaridan iborat. Kanalizatsiya Nasos stansiyasi panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va boshqalardan iborat. Bunday Nasos stansiyasi yer ustiga va yer ostiga oʻrnatiladi. Xalq xoʻjaligida Nasos stansiyasining ahamiyati katta. Ayniqsa, baland joylarga suv chiqarishda Nasos stansiyasi juda qoʻl keladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil