Sulton Uvays togʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulton uvays togʻi - Qoraqalpogʻistondagi togʻ tizmasi. Qizilqumning shimoli-gʻarbida, Amudarening oʻng sohilida. Kenglik boʻylab 40–45 km masofaga choʻzilgan, eni 10–15 km. Togʻ unchalik baland emas, atrofdagi tekislikdan 350–400 m koʻtarilib turadi. Eng baland joylari: Qorachingʻil (485 m), Achchiktogʻ (473 m). Janubiy yon bagʻri nisbatan tikroq. Gʻarbiy qismi bir qancha tepaliklarga (Shayxjali, Quyonchiq, Zangibobo, Jumurtogʻ) boʻlingan. Yiliga 80–100 mm yogʻin tushadi. Yillik temperatura 12°—13°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, —8°, iyulniki 26°—28°. Doimiy oqar suvlar yoʻq. Uz. 5–12 km li quruq soylar (Jamansoy, Qizilsoy, Kazansoy, Sultonbobosoy, Kaxralsoy, Aximbeddinsoy)da faqat yogʻingarchilik vaqtida suv oqadi. Tektonik jihatdan antiklinal struktura. Kuchli burmalangan paleozoy davri metamorfik, choʻkindi, vulkanik togʻ jinslari (slanets, kvarsit, ohaktosh va boshqalar)dan tashkil toptan. Choʻl tuproklarida shuvoq, rang kabi efemer oʻsimliklar, buloqlar atrofida turli xil butalar usadi.