Astraxon viloyati
Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
Астраханская область область Astraxan viloyati | |
---|---|
![]() |
![]() |
Astraxan viloyati bayrogʻi | Astraxan viloyati gerbi |
300px | |
Administrativ markaz | Astraxan |
Maydon | 49 024 km² (55chi) |
- suv qismi | 8,5% |
Aholi | 1 014,2 ming kishi (56chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
- zichlik | 20,6 kishi / km² |
YaIM | 145,4 mlrd rub. (52 chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
- jon boshiga | 146,6 ming rub. |
Federal okrug | Janubiy |
Iqtisodiy tuman | Povoljskiy |
Gubernator | Aleksandr Aleksanrovich Jilkin |
RF subyekti kodi | 30 |
Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
Astraxon viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarki-bidagi viloyat. Quyi Volga bo‘yida, janubiy qismi Kaspiy dengiziga tutashadi. Astraxon viloyati 1943 yil 27 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 44,1 ming km². Aholisi 1014 ming kishi (1999), asosan, ruslar; qozoq, tatar va ukrainlar ham yashaydi. Astraxon viloyatida 11 ma’muriy tuman, 5 shahar, 13 shaharcha bor. Markazi – Astraxon shahriAstraxon viloyati Kaspiy bo‘yi pasttekisligidagi chala cho‘llar, Volga-Axtuba qayiri va Volga daryosi deltasini o‘z ichiga oladi. Astraxon viloyati hududida sho‘rxoklar, sho‘r ko‘llar hamda qum tepaliklari bor. Sho‘r ko‘llardan eng yirigi Bosqunchoq ko‘lidir. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi shimolida – 10°, janubida –6°, iyulniki esa shimolida 24° va janubida 25°. O‘rtacha yillik yog‘in 200 mm. Eng yirik daryosi Volga va uning tarmogi Axtuba. Tuproqlari och kashtan sho‘rtob va qo‘ng‘ir tuproqlar. Boshoqlilar, shuvoq, sho‘ra, o‘tloq o‘simliklari o‘sadi. Sayg‘oq, turli kemiruvchilar, sudraluvchilar, hasharotlar yashaydi. Volgada 50 dan ziyod baliq turi uchraydi. Neft, gaz, tuz, gips kabi foydali kazilmalar bor. Volga deltasida Astraxon qo‘riqxonasi tashkil qilingan. Astraxon viloyatida oziq-ovqat (baliq, go‘sht, tuz), mashinasozlik, shuningdek yog‘ochsozlik va sellyuloza-qog‘oz sanoati, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik rivojlangan. Yetakchi sanoat tarmoqlari – taxta tilish, yog‘ochsozlik va sellyuloza-qog‘oz sanoati. Kimmatbaho osyotr va chastik baliqlari ovlanadi. Astraxondagi baliq-konserva korxonalarida baliq qayta ishlanadi. Astraxon viloyatida Rossiyada eng yirik bo‘lgan Bosqunchoq tuz korxonasi ishlab turibdi. Astraxon viloyatida metallsozlik, kemasozlik va kema tu-zatish sanoati korxonalari, ko‘n zavodi va mo‘yna fabrikasi mavjud. Qamish plitalar ishlab chiqaruvchi zavod bor. Bug‘doy, kuzgi javdar, yem-xashak, poliz ekinlari ekiladi. Chorvachilikda go‘sht-jun qo‘ychiligi va go‘sht-sut qoramolchiligi rivojlangan. Transportda yetakchi o‘rinni dengiz transporti egallaydi. Volga va uning o‘ng tarmog‘i Baxtemir daryo transportida muhim ahamiyatga ega. Astraxon viloyati temir yo‘l orqali Rossiyaning boshqa rayonlari bilan bog‘langan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |