Turkman tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkman tili
Milliy nomi Türkmençe, Türkmen dili, Түркменче, Түркмен дили, تورکمن ﺗﻴﻠی,تورکمنچه
Mamlakatlar Turkmaniston Turkmaniston
 Eron
Afgʻoniston Afgʻoniston
Turkiya Turkiya
Rossiya Rossiya
Rasmiylik holati Turkmaniston Turkmaniston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 563 000[1]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi lotin, kirill, arab
Til kodlari
ISO 639-1 tk
ISO 639-2 tuk
ISO 639-3 tuk

Turkman tili — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. Utgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4,8 mln. (jumladan, Turkmanistonda 2,5 mln.dan ortiq, Oʻzbekistonda 130 ming, Afgʻonistonda 400 ming, Eronda 300 mingga yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy laxjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va boshqa Stavropoldagi Turkman tili lahjasi truxmen tili deb ataladi.

Turkman tili gʻarbiy oʻgʻuz kabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. Turkman tilining asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s vaz undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va 3 oʻrniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan maye shakli bilan birga) qoʻllanishi va boshqa Leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.

Eski adabiy Turkman tili, asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy Turkman tili esa 20-asrning 20-yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928-yilgacha arab, 1929—40 yillarda lotin, 1940— 90-yillarda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991-yildan yana lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.

Turkman tili' (Lotin alifbosida: türkmen dili, Kriill alifbosida: Түркмен дили, ISO 639-1: tk, ISO 639-2: tuk) — Turkmanistonning milliy tili. Bu tilda Turkmanistonning oʻzida taxminan 3430000 kishi gapiradi. Turkman tilida gaplashadiganlarni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

Jahonda turkman tilida gaplashadiganlar soni
Hudud Soni Axborotning yillari
Turkmaniston 3 430 000[1] 1995
Eron 2 000 000[1] 1997
Afg'oniston 500 000[1] 1995
Oʻzbekiston 152 137[1] 2000
Turkiya 920 1982[1]
Tojikiston taxminan 90 ming kishi
Qozog'iston taxminan 90 ming kishi
Rossiya taxminan 90 ming kishi

Klassifikatsiyasi va dialektlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

— turkman xalqining tili. turkman tilida gaplashuvchilarning umumiy soni 7 million atrofida (2001), ular Turkmaniston Respublikasidan boʻlak Oʻzbekiston, Eron, Iroq, Rossiya, v.h. davlarida istiqomat qilishadi. Turkiy tillari guruxining oʻgʻuz guruxiga mansub. Turkman tili rivojlanishida qipchoq tillarining taʼsiri boʻlgan. Turkman tili oʻgʻuzlarning gʻarbiy qabila tillari asosida shakllangan. Asosiy dialektlari teke, yomud, goklen, ersari, salir, sariq, chaudor, noxur, qaradashli, alili, surxi, xatap, mukri, eski, arabachi, cheches, bayat, sakr, kirach, chandir, xasar, emreli, duechi, murche, mexinli, v.h. kiridigan guruxlarning nomi bilan ataladi. Stavropol oʻlkasidagi turkman dialektini „truxmen“ deb atash milliy shakllangan. Qadimgi turkman adabiy tili asosan poeziya tili boʻldi. Hozirgi turkman adabiy tili tekin (teke) dialektining axal soʻzi asosida shakllangan. Turkman tilidagi 39 fonemaning 18-ta jarangli, 21-ta jarangsiz harflar. Qadimdan turkman tilida arab alifbosiga asoslangan harflarni foydalanib kelishgan. 1928 yili lotin alifbosini qabullagan, 1940 yili kirill alifbosiga almashtirgan. 1994 yili qaytadan lotin alifbosiga almashdi.
Turkman tili turkiy tillari guruxining oʻgʻuz tarmogʻiga, shuning ichidagi sharqiy oʻgʻuz tarmogʻiga kiradi. U boshqa oʻgʻuz tillari — ozarboyjon va turk tillariga ham oʻta yaqin va shu tillarda soʻzlashuvchilar bir-birining tillarini tushunadi.

Yozuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi turkman alifbosi:

A a B b Ç ç D d E e Ä ä F f G g H h I i
J j Ž ž K k L l M m N n Ň ň O o Ö ö P p
R r S s Ş ş T t U u Ü ü W w Y y Ý ý Z z


Alifbolarning qiyosiy jadvali:

Haqiqiy

Lotincha

(1995-yildan beri)

Lotincha

1993

Lotincha

1992

Kirillcha

1940—1995

Lotincha

1929—1940

Arabcha

(Sovet Ittifoqi)

1923—1929

Arabcha

Eron[2]

Aa Аа Aa آ ع آ
Bb Бб ب
Çç Cc Чч Cc چ
Dd Дд Dd د
Ее Ее Ээ Ее ٱ اِ / ه
Ää Ea ea Әә Əə أ
Ff Фф Ff ف
Gg Гг Gg Ƣƣ گ ق غ گ
Hh Хх Hh Xx خ خ ٥ ح
Ii Ии Ii ى اى
Jj Җҗ Çç ج
Žž £ſ Jh jh Жж Ƶƶ ژ
Kk Кк Kk Qq ک ق ق ك
Ll Лл ل
Mm Мм Mm م
Nn Нн Nn ن
Ňň Ññ Ng ng Ңң Ꞑꞑ ڭ نگ
Oo Оо Оо او اوْ / وْ
Öö Qq Өө Ɵɵ اۇ اؤ / ؤ
Pp Пп Pp پ
Rr Рр Rr ر
Ss Сс Ss ث س ص
Şş Sh sh Шш Şş ش
Tt Тт Тт ط ت ت
Uu Уу Uu او او / ُو
Üü Vv Үү Yy اۇ اۆ / ۆ
Ww Вв Vv و
Yy Xx Ыы Ьь ى ایٛ
Ýý ¥ÿ Yy Йй Jj ی
Zz Зз Zz ظ ض ذ ز
Ёё
Ts ts Цц
Щщ
Ъъ
Ьь
Юю
Яя

Misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onuň maşyny ýok.
Uning mashinasi yoʻq.

Öýde Amandan başga adam ýok.
Uyda Omondan boshqa kishi yoʻq.
Men bilemok. 'Men bilmayman.'
Men bilemokdym. 'Men bilmaydigan edim.'
Men bilmedim. 'Men bilmadim.'
Ol aç däl.
U och emas.
Kofe gyzgyn bolup biler.
Qaxva issiq boʻlishi mumkin.

Kofe gyzgyn däl bolup biler.
Qaxva issiq boʻlmashi mumkin.

Kofe gyzgyn dälmi?
Qaxva issiq emasmi?

Men ylgamok.
Men yugurmayman.

Men ylgamadym.
Men yugurmadim.

Men ylgajak däl.
Men yugurmoqchi emasman.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online: Report for language code: tuk
  2. راهنماي نوشتار درست تركمني, 1392 СХ.  „Архивированная копия“ (deadlink). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-dekabr.