Bamako

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BamakoMali Respublikasining poytaxti (1960 yildan). Gʻarbiy Afrikada, Niger daryosi boʻyidagi port. Aholisi qariyb 900 ming kishi (1995). Mamlakatning asosiy sanoat markazi. Sanoatining asosini yengil, oziq-ovqat sanoati (goʻsht, oʻsimlik moyi, mineral suvlar ishlab chiqarish) tashkil etadi. Shaharda elektr stansiyasi, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilik (toʻquvchilik, fil suyagi va yogʻochdan turli buyumlar yasash) rivojlangan. Muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga eta. Bamakoda maktab, litsey va kollejlar, maxsus bilim yurtlari, milliy tasviriy sanʼat, ilmiy tadqiqot institutlari bor.

Bamakoni 1882 yilda (u vaqtda Bamako qishloq boʻlgan) Fransiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920 — 58 yillar Fransiya Sudani, 1958 — 60 yillar muxtor Sudan Respublikasi maʼmuriy markazi boʻlgan. 2 ta muzey va shahar atrofida 14- a.da qurilgan masjid bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil