Ashxobod zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ashxobod zilzilasi
Ashxobod zilzilasi (Turkmaniston)
Bullseye1.png
Sana va
vaqti
6-oktabr, 1948-yil(1948-10-06)
Miqdori 7.3 Mw
Chuqurligi
Oʻchogʻi
15.0 km (9.3 mi)
Episentrning
joylashuvi
37°57′N 58°19′E / 37.95°N 58.32°E / 37.95; 58.32Koordinatalari: 37°57′N 58°19′E / 37.95°N 58.32°E / 37.95; 58.32
Taʼsir doirasidagi
davlatlar (hududlar)
Zilzila:
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Eron bayrogʻi Eron

Ashxobod zilzilasi – 1948-yil 6-oktabr mahalliy vaqt bilan kechasi soat I dan 12 min. oʻtganda boʻlgan kuchli zil-zila. Zilzila epitsentri Ashxobod shahridan janubi-gʻarbda, Qurugʻovdonda, 10– 15 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) epitsentrda 10 ballgacha yetdi. 1000 km² ga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,8° shahrik. va 58,6° shq.u.) Buzmayin – Ashxobod – Qurugʻovdon chizigʻi boʻylab Kopetdogʻ togʻlarining shimoliy etagida shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa yoʻnalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron boʻldi. Koʻp yerlarda yoriqlar, qum aralash butana suv fontanlari vujudga keldi, togʻlarda koʻchkilar sodir boʻldi, yer osti suvlarining miqdori oʻzgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yoʻnalishda siljidi. Ashxoboddan gʻarbda yer 33 sm koʻtarildi, sharqda esa 22 sm choʻkdi. Ashxobod shu koʻtarilgan va choʻkkan zonalarning tu-tashgan yerida joylashgan boʻlganligi uchun bu yerda yer 70 sm dan 178 sm gacha gorizontal yoʻnalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar boʻlsa ham, lekin asosiy falokat janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalgan gorizon-tal tebranishlar natijasida roʻy berdi. Asosiy zilziladan soʻng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (after-shok) davom etdi. Ashxobod zilziladan soʻng qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Ashxobod zilzilasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil