Turkmenabat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Turkmanoboddan yoʻnaltirildi)
Turkmenabat

turkmancha: Türkmenabat
shahar
Skyline of Turkmenabat
Turkmenabat
Gerb
39°06′0″N 63°34′0″E / 39.10000°N 63.56667°E / 39.10000; 63.56667 G OKoordinatalari: 39°06′0″N 63°34′0″E / 39.10000°N 63.56667°E / 39.10000; 63.56667 G O
Mamlakat Turkmaniston
Viloyat Lebap viloyati
Hukumat
 • Xokim Dovran Ashirov
Asos solingan 1511
Avvalgi nomlari Charjuy, Leninsk, Charjou, Charjev, Amul.
Qachondan beri shahar 1918
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
 (2012)
408 906[1]
Milliy tarkib turkmanlar, ruslar, oʻzbeklar, qozoqlar, tatarlar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +993 422
Pochta indeks(lar)i 746100
Avtomobil kodi LB
Turkmenabat xaritada
Turkmenabat
Turkmenabat

Turkmenabat (turkmancha: Türkmenabat; 1924-yilgacha va 1927–93 yillarda Chorjoʻy, 1924–27 yillarda Leninsk) – Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Amudaryoning chap sohilida. Yirik temir yoʻl tuguni va daryo porti, aeroport bor. Aholisi 408 906 kishi. Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar arab tarixchisi Balozuriyning (9-asr) asarida keltirilgan. Shaharning dastlabki nomi Amuy boʻlib, keyinroq arab tili taʼsirida Amul shaklini olgan.

Arablar Amulga ilk bor 651 va 655 yillarda (Marvni bosib olganlaridan keyin) hujum qildilar. Bu toʻgʻridagi maʼlumotlar Xitoy manbalarida keltirilgan. 672 yilda Amul aholisi va arablarning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn Ziyod askarlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Shundan keyin u sulh tuzib Marvga qaytib ketgan. 8-asr boshida shaharni arab noibi ("amil") boshqargan.

Oʻrta asr Amul shahri xarobalari Chorjoʻy temir yoʻl stansiyasidan 9 km shim.sharkda joylashgan. 1-asrda vujudga kelgan shahar 150 ga maydonni egallab, ark (0,5 ga), shahriston (9 ga) va tashqi shahardan iborat boʻlgan. Ark shahristondan 33 m balandlikdagi tepalikda joylashgan. Shahriston kushon davri shahrining oʻzagi boʻlib, shahar katta rabod bilan oʻralgan. Kushon davrida rabod 50 gektar maydonni egallagan.

10-asrda Amul kichkina boʻlsada, aholisi zich joylashgan. Shaharning jome masjidi baland yerda oʻrnashgan, bozorlarining usti yopiq boʻlgan.

Shahar 1221-yilda moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Moʻgʻullar istilosidan keyingi manbalarda u qishloq sifatidatilgaolinadi. 15-asrdan avvalgi "Amul" nomi bilan birga shaharning yangi "Chorjoʻy" nomi ham isteʼmolga kira boshlaydi va astasekin bu nom eskisini siqib chiqaradi.

X,ozirgi Turkmanobod 19-asrning 80 yillarida eski shahar (Chorjoʻy) yaqinida ruslar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. Maʼmuriy jihatdan Buxoro amirligiga qaragan.

1886-yildan shahar (Yangi Chorjoʻy) Oʻrta Osiyoning savdo va transport markazlaridan (Chorjoʻy orqali 1888-yilda Oʻrta Osiyo temir yoʻl oʻtgan) biri boʻlib qoldi.

1924 yildan Turkmaniston SSR tarkibida. 1937-yildan Chorjoʻy deb ataldi. Chorjoʻy 1939–63 va 1970-yildan Chorjoʻy viloyati markazi. 1993-yildan Lebap viloyati markazi.

Shaharda neftni qayta ishlash, metallsozlik sanoati korxonalari, ipak, goʻsht kombinatlari, jun, yigiruvtoʻquv, tikuvchilik, poyabzal, mebel fabrikalari, qorakoʻl, paxta tozalash, sut, vino, qurilish materiallari, superfosfat, taʼmirlash zdlari ishlab turibdi. Ped. instituta, bir kancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatr, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, Turkmaniston tajriba ipakchilik styasi, meliorativ stya bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]