Daryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daryo tabiiy suv manbasi boʻlib, [1] odatda okean, koʻl, dengiz va boshqa daryoga quyiluvchi toza suvdir.


Daryo - tabiiy oʻzanda doimiy yoki mavsumiy oqadigan va daryo havzasidagi yer usti va yer osti suvlari hisobiga toʻyinadigan suv oqimi. D.larni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi boʻlimi oʻrganadi.

Har bir D. ning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa D. bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.

Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan D. bosh D. hisoblanadi, bosh D. ga kuyiladigan D. — irmoq deb ataladi. Bosh D. barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. D.lar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Mac, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi D.lar muzliklardan, RFdagi Neva, Svir, Angara singari D.lar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat D.lar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi D.lar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi D.larning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi D.lar). D. sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining D. sistemasi joylashgan va b. suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi D. havzasi deyiladi (q. Daryo havzasi).

Oʻzbekistondagi D.lar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik D.lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga qarang).

Oʻzbekistondagi va Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi daryolarning asosiy gidrologik koʻrsatkichlariDaryo va soylar Umumiy uzunligi (km)Amudaryo 1415Dashnoboddaryo 58Jarsoy (Qashqadaryo irmogʻi)64Jinnidaryo 52Zarafshon 877Zominsuv 58Isfayramsoy 122Isfara 107Katga Oʻradaryo 100Kichik Oʻradaryo 114 1670 1670 Qulqishloq q.

Kofarnihon 387 11600 9780 Tortki q.

Koʻgartsoy 105 1370 1010 Mixaylovka q.

Koʻksuv (Chatqol irmogʻi) 60 398 372 Burchmulla q.

Maydontol 50 471 475 Kuyilish joyiNorin 578 59900 58400 Uchqoʻrgʻon sh.

Oygaing 72 1100 1100 Quyilish joyiOqbura 136 2540 2430 Toʻleken q.

Okdaryo (Zarafshon irmogʻi) 154 IshtixonOqjarsoy (Anjirimsoy) 51 157 33 Kambarbolo q.

Oqsuv (Qashqadaryo irmogʻi) 104 1280 845 HazornavOqtepasoy 77 722 722 Quyilish joyiOhangaron 233 5260 1290 Turk q.

Piskom 73 2840 2830 Quyilish joyi (ChorPochchaotasoy (Namangansoy) 130 443 366 Tostu daryosi quyilSangardakdaryo 106 932 901 Kengoʻzar q.

Sangzor 198 3220 540 Qirq q.(Baxmal)Sirdaryo 2212 21900 Fargʻona vodiysidanSumsarsoy 86 229 90 Sumsarsoy q.

Surxondaryo 175 13500 9500 Shoʻrchi sh.

Soʻx 124 3510 2840 Sarikanda q.

Tanxozdaryo 93 1910 1910 Nushkent q.

Tentaksoy 126 4130 1300 Chorvoq q.

Toʻpolondaryo 112 3080 3040 Dashnobod d. quyiliToʻsinsoy 76 1100 1100 Egarchi q.

Ugom 68 870 869 Xoʻjakent q.

Xoʻjaipok (Halqajarsoy) 91 765 577 Bozorboy q.

Chirchiq 161 14900 10900 Xoʻjakent q.

Chodaksoy 76 566 350 Julaysoy d. quyiliChortoqsoy 67 715 493 Pishkaran q.

Sheroboddaryo 177 2950 949 Darband q.

Shirinsoy 108 780 444 Uguk q.

Shohimardon 112 1300 1300 Poulgʻon q.

Yakkabogʻdaryo 99 1180 504 Tatar q.

Qashqadaryo 378 12000 511 Varganza q.

Qoradaryo 180 30100 12400 Kampirrabot q.

Qoratogʻdaryo 99 2430 684 Qoratogʻ q.

Qumdaryo (Kalkamasoy) 103 866 354 Chambil q.

Gʻovasoy 96 724 657 Gʻova q.

Gʻuzordaryo 86 3400 3170 Yortepa q.

D., odatda, relyefning choʻziq pastliklarida — vodiylarda oqadi, uning eng past qismi oʻzan, daryo suvi koʻpayganda oʻzandan chiqib bosib ketadigan vodiy tubining oʻzanga tutash qismi esa kayir yoki qayir terrasasi deyiladi. Oʻzanlarda chuqur va sayoz joylari almashinib boradi. Oʻzanning eng chuqur joylari — farvater, oqim tezligi eng katta boʻlgan joylari esa tezoqar joy deyiladi. D. yoki D.larning ayrim qismlari balandliklari farqining uzunligiga nisbati D. nishabligi deyiladi.

Relyefga bogʻliq ravishda togʻ D.si va tekislik D.siga boʻlinadi. Togʻ D.si nishabi kattaligidan, tor vodiylarda tez (kuchli) oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyo D.lari asosan togʻ D.laridir. Tekislik D.lari keng oʻzanda sokin oqadi, ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik D.lari oʻzan va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil qiladi (mas, Amudaryo va Sirdaryo oʻrta va quyi oqimida), quyilish joylarida esa deltalar vujudga keladi. Baʼzan D. dan ajralgan tarmoqlar boshqa D. bilan qoʻshilishib ketadi (q. Daryoning ikkiga ayrilishi).

Yer shari yuzasida D.lar juda note-kiye taqsimlangan. Har bir materikda bosh suvayirgʻichlar — oqim chegaralari bor. Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar yuzasini 2 asosiy havzaga: AtlantikaArktika (oqim Atlantika va Shim. Muz okeanlariga boradi) va Tinch okean (oqim Tinch va Hind okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib turadi. Ekvatorial mintaqada D.lar zich boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka, Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻʼtadil mintaqalarda, ayniqsa togʻli r-nlarda (Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.), choʻllarda D.lar qor eriganda yoki jalalarda suv toʻlib oqadi (mas, Qozogʻistonning tekislik qismida).

D.da oqim tezligi bir necha sm/sek dan (tekislik D.sila) 6—7 m/sek gacha (togʻ D.sida) oʻzgarib turadi. Suv sathi koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda, chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda kamayadi. D.da suv t-rasi issiq mavsumda havo t-rasi bilan deyarli bir xil, D. muzlagan paytda qariyb 0° boʻladi.

D.larda muzlash hodisalari quruklik hududining taxm. 1/4 qismida, asosan Shim. yarim sharda kuzatiladi. D.lar RFda dastavval Shim.-Sharqiy Sibirda (sent. oxirida), kechroq Yevropa qismining jan.-gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dek. oxiri — yanv. boshida) muzlaydi. Eng kalin muz qoplami Sharqiy Sibir D.larida (muz qalinligi oʻrtacha 1,5—2 m) kuzatiladi va 9—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ D.larida oqim tez boʻlganligidan muz qatlami hosil qilmaydi, koʻpgina D.larda qishda shovush oqadi.

D. da suv sathining tebranishi suv sarfining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Suv sathi va suv sarfi hamda ularning tebranishi — suv rejimining asosiy tavsifidir.

D.lar — Yerda suv aylanishit muhim vosita. U quruklikda chuchuk suvni taqsimlaydi va Dunyo okeaniga kaytaradi. D.larning Dunyo okeaniga jami yillik oqimi qariyb 42 ming km3.

D.ning toʻyinish manbalari — yogʻin, qor qoplami, baland togʻ qorlari va muzliklar, yer osti suvlari. Toʻyinish xususiyatlariga koʻra, D.ning asosiy suv rejimi fazalarga: toʻlinsuv davri, vaqtincha suv toʻlib oqishi va kamsuv davriga boʻlinadi.

Togʻ D.lari alohida suv rejimiga ega. Ularning toʻyinishi va sersuvligi balandlik mintaqalari qonuniyatlariga bogʻliq. Oʻrta Osiyo D.lari asosan togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. Karst shakllari rivojlangan joylarda.baʼzan yer ostida oqib, yana yuzaga chiqadigan D. ham bor.

D. eroziya (yemirish) ishlarni bajaradi. Oʻzan va qayirida daryo oqimlari, suv yigʻish maydonida esa yuza suvlari okimi tuproqni yuvadi. D. suvining loyqaliligi turlicha. Oʻrta Osiyo D. lari suvi nisbatan loyka (1 m3 suvda 200—300 g dan 1—5 kg gacha loyka bor).

D. oqimi chuchuk suv resurslarining muhim manbaidir (q. Suv resurslari). D. oqimlari kelib chiqishi va xoʻjalik ahamiyatiga koʻra 2 qismdan: yer osti oqimi va yer yuzasi oqimidan iborat. Yer osti oqimidan yil davomida foydalanish mumkin. Yer yuzasi oqimini suv omborlari yordamida tartibga solib foydalaniladi.

D. ning flora va faunasi bentos, plankton va nektondan iborat. D. tubining tuzilishiga qarab qar xil daryo tubi hayvonlari uchraydi. D. ning sekin oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari uchraydi. Suvoʻtlar va toshlar orasida koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin suzadigan planktonlarga yarim mikroskopik va mikroskopik hayvonlar (mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka) va suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi. Nektonga oqimga qarshi suza oladigan baliklar mansub. D.larning quyi qismi va ularning deltalari baliqqa boy. D. da suv omborlari barpo qilish planktonlarning sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning (ayniqsa losossimon va osyotrsimonlar) tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va koʻpayishiga xalaqit beradi. D.larning sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham salbiy taʼsir kursatadi. Yer sharidagi koʻpchilik D.ning (ayniqsa Shim. Amerikaning sharqi va Gʻarbiy Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik chiqindilari bilan ifloslangan. Suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qonuniy, texnikaviy va sanitariya-gigiyena choratadbirlari koʻrilmoqda (q. Tabiatni muhofaza qilish).

D. qadimdan aholini ichimlik suvi va sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va chana (qishda) yoʻli, muntazam yangilanib turadigan gidroenergiya manbai, botqoq yerlarning suvini qochirishda kollektor vazifasini oʻtab kelgan. D.lardan anchagina baliq ovlanadi. D. qayirlari oʻtloq, tuprogʻi unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari ekiladi. D. vodiylari boʻylab asosiy yer usti transport yoʻllari (t. y. va avtomobil yoʻllari) oʻtadi, D. boʻyida juda koʻp shaqar va shaharchalar joylashgan. D. suvi suv resurslarining asosiy manbaidir.

Ad.:Shulʼs V. L., Reki Sredney Azii, ch. 1-2, L., 1965; Shuls V.L., Mashrapov R., Oʻrta Oyeiyo gidrografiyasi, T., 1969; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.

Fazliddin Hikmatov.[2]

Amazon daryosi deltasining samodan koʻrinishi

Havolalar[tahrir]

  1. River {definition} from Merriam-Webster. Accessed February 2010.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil