Qoʻngʻirot (qabila)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻngʻirotoʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ilk oʻrta asrlarda Oltoy, Moʻgʻulistonning shim. qismida yashaganlar. Oʻrta Osiyoda turli koʻchmanchi turkiy qabila va urugʻlar Q.lar atrofida uyushib, ularning qabilaviy nomini qabul qilishgan. 14-a.da Xorazmda q. zodagonlari orasidan sufiylar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan. 16-a.da Q.lar Oʻzbek ulusidagi turkiy qabilalar tarkibiga kirgan. Ulus parchalanishi bilan Q.lar oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq va b. xalqlar tarkibiga kirgan. 14—16-a.lar davomida Q.larning ayrim guruhlari Xuroson. Shim. Afgʻoniston va HisorSherobod vodiysiga kelib oʻrnashganlar. Xorazm hududiga oʻtgan Q.lar keyinchalik Xorazmning siyosiy hayotida faol ishtirok etishgan. 18-a.ning 2-yarmi — 19-a. boshlarida Xiva xonligini oʻzbeklarning q. sulolasi boshqargan. Bu sulola 1920 y. bolsheviklar tomonidan tugatilgan.

Etnograf B.X.Karmisheva Q.lar 5 ta katta urugʻdan: vaxtamgʻali, qoʻshtamgʻa-li, qonjigʻali, oyinli va tortuvlidan iborat ekanligini koʻrsatgan. Q.lar orasida eng katta guruh vaxtamgʻali boʻlib, u 18 ta katta uruqqa boʻlinadi: ochamayli, boymoqli, taroqli, chan-chiqli, qozoyoqli, choʻmichli. qaychili, ishqili, qiygʻochli, jilontamgʻali, bolgʻali, qoraqoʻngʻirot, bugʻajili, uyuvli, xandaqli, irgʻoqli, aboqli kesovli.

20-a. boshida Buxoro xonligida Q.larning umumiy soni 85 760 kishidan iborat boʻlgan. Ular, asosan, Boysundaryo havzasi (3525 kishi)da, Qoratogʻdaryo (13 140), Sheroboddaryo (18 383) va Surxondaryo (9 375) hav-zalarida ham Kofirnihonda (1 245), Qarshi vohasi (7 175)da, Gʻuzordaryoning quyi qismi (8875)da, Amudaryo vodiysi va Termiz atrofi (3525) da yashashgan.

19-a. oxiri —20-a. boshlarida Q.larning aksariyati yarim oʻtroq holda yashab, xoʻjaligida chorvachilik muhim rol oʻynagan.

Adabiyot[tahrir]

  • Karmnsheva B.X., Ocherki etnicheskoy istorii yujnnx rayonov Tadjikistana i Oʻzbekistana, M., 1976.