Penza viloyati
| Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
| Пензенская область Penza viloyati |
|
|---|---|
| Penza viloyati bayrogʻi | Penza viloyati gerbi |
| Administrativ markaz | Penza |
| Maydon | 43 352 km² (56-chi) |
| - suv qismi | 0,3% |
| Aholi | 1 368,9 ming kishi (33-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
| - zichlik | 32 kishi / km² |
| YaIM | 158,2 mlrd rub. (53-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
| - jon boshiga | 104,9 ming rub. |
| Federal okrug | Privoljskiy |
| Iqtisodiy tuman | Privoljskiy |
| Gubernator | Vasiliy Bochkaryov |
| RF subyekti kodi | 58 |
| Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
Penza viloyati - RF tarkibidagi viloyat. 1939 y. 4 fev.da tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining jan.sharqida joylashgan. Volgaboʻyi federal okrugiga kiradi. Mayd. 43,2 ming km2. Aholisi 1453,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, mordva, tatar, chuvash va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64,4%. P.v.da 28 maʼmuriy tuman, 11 shahar, 16 shaharcha bor. Markazi — Penza sh. Boshka yi-rik shaharlari — Kuznetsk, Serdobsk.
Viloyat hududining katta qismini Volgaboʻyi qirlari (eng baland joyi 331 m) egallaydi. Chekka gʻarbiy qismi Oka — Don tekisligida (bal. 150—180 m) joylashgan. Ikdimi moʻʼtadil kon-tinental. Yanv.ningoʻrtachat-rasi —12°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 600 mm. Vegetatsiya davr i 126—132 kun. Yirik da-ryolari — Sura, Moksha, Xopyor, Vorona. P.v.ning katta qismi oʻrmon dasht va qisman keng bargli oʻrmonlar zona-sida (sharkda) joylashgan. 65%dan or-tiq hududi krratuprokli. Hududining 23% oʻrmon. Tulki, suvsar, quyon, boʻrsiq, koʻrsichqon, qora sassiqkoʻzan, yumronqoziq, kiyik, vixuxol, los, oq sichqon, latcha yashaydi. Viloyat hudu-dida Volgaboʻyi oʻrmon-dasht qoʻriqxo-nasi tashkil etilgan.
Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik (kimyo uskunalari, quvur oʻtkazish sanoat apparaturam, toʻqimachilik mashinalari, kompressorlar, dizel va dizelli generatorlar, q.x. mashinalari, hisoblash texnikasi vositalari, velosipedlar i.ch.), yengil (poyabzal, toʻqimachilik), oziq-ovqat, kimyo-farmatsev-tika. Yuqori sifatli idish-tovoqlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Penza, Kuznetsk, Serdobsk, Kamenka, Nijniy Lomov.
Viloyat q.x. donchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, sabzavot, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Avtoyoʻllar zichligi 133 km/ming km2 (1997). 5 oliy oʻquv yurti, 8 muzey, 2 teatr, botanika bogʻi, 7 sanatoriy, 56 dam olish uyi, Axunya kurorti mavjud. [1]
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |