Adigeya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adigeya, Adigeya Respublikasi - Kav-kaz tog‘ tizmasining shim. yon bag‘rida, Ku-ban atrofidagi tekislikda joylashgan. RF Krasnodar o‘lkasi tarkibiga kiradi. Mayd.— 7,6 ming km2. Aholisi — 450 ming kishidan ortiq (1999). Poytaxti — Maykop sh.Tabiati. Yer yuzasining aksariyati Shim. Kavkazga xos o‘rqirli tekislik-dan iborat, jan.dagi tog‘larning bal. 3238 m (Chugush togi). Gaz, neft konlari, ma’danli buloqlar bor. Sement, ohak, oyna i.ch. uchun xom ashyo zaxiralariga ega. Tog‘larda koshinkorlik va bezakbop tosh-lar ko‘p. Maykop tuprog‘ining xususiyat-lari noyob. A. hududining qariyb 40%ni o‘rmonlar ishg‘ol qiladi. Tog‘ va vodiy-larda dub, buk, qayin, shumtol, zarang , kavkaz pixtasi, sharq archasi, qarag‘ay, te-rak, sambit, qayrag‘och, lipa (jo‘ka) o‘sadi. A.da 60 turdagi sut emizuvchi hayvon, 200 xil parranda yashaydi. Iqlimi — mo‘’tadil iliq. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi 193—2°, iyulda 22° atrofida. Yiliga 700 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryosi — Kuban; uning irmoqlari — Laboy, Be-loy va b. Tuprog‘i — asosan qoratuproq. Kavkaz qo‘riqxonasining aksariyati A. hududida.Aholisining ko‘pchiligi adigeylar va ruslar. Adigeylarning taxminan 82% o‘z tarixiy hududida yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 58,8 kishi to‘g‘ri keladi. Shahar aholisi 54%ni tashkil etadi.Tarixi. Taxm. 13-a.da g‘arbiy adigey qabilalari adigey elati bo‘lib tarkib topa boshladi (antik yozuvchilarning da-lolat berishicha, meotlar, sindlar va b. ularning ajdodlari bo‘lgan). 13-a.da adi-geylarni Oltin O‘rda o‘ziga bo‘ysundirib olgan. 16-a.da turk sultonlari va Qrim xonlari adigeylarni qaram qilish uchun hujum uyushtirgan. 1557 y.dan A. Ros-siya tarkibida. 1918 y. Maykopda sho‘ro hokimiyati e’lon qilindi, may oyida adigeylar yashovchi hudud Kuban-Qora dengiz sovet respublikasi tarkibiga ki-ritildi. 1922 y. Cherkasiya muxtor viloya-ti tuzildi, u 1928 y.da A. muxtor viloyati deb ataldi. 2-jahon urushi vaqtida 1942 y. avg .da nemis-fashist bosqinchilari A. hududini bosib oldilar. 1943 y. ozod qilindi. 1991 y. A. muxtor viloyati A. respublikasi bo‘ldi. 1995 y. martda A. konstitutsiyasi qabul qilindi.Xo‘jaligi. A. xalq xo‘jaligida sa-noat yetakchi o‘rin oladi. Uning asosiy tarmoqlari — oziq-ovqat va qayta ish-lash sanoati. Energetikasi issiqlik elektr st-yalari va gidroresurslarga taya-nadi. Konserva, vinochilik, yog‘-moy, tama-ki, qand-shakar, sut zavodlari bor. O‘rmon, yog‘ochsozlik, mashinasozlik sanoati kor-xonalari mavjud. Asosiy sanoat markazi Maykop sh. Q.x.da asosiy ekinlar bug‘doy, makkajo‘xori, sholi, kungaboqar, qand lavlagi, zig‘ir, tamaki, choy, efir moyli o‘simliklar. 250 ming ga haydaladigan yer bor. Parrandachilik q.x.ning muhim tarmog‘i hisoblanadi. Qoramol, qo‘y va echki boqiladi. Yilqichilik va asalari-chilik rivojlangan. Asosiy transport turi — t.y. Avtomobil va havo trans-porti rivojlangan. Kuban daryosida kemalar qatnaydi. A.dagi mashinasoz-lik, yog‘ochsozlik, yengil sanoat korxona-lari mahsulotlari — stanoklar, turli tipdagi reduktorlar, mebel, karton, oziq-ovqat, shuningdek qora metallar, moyli ekinlar urug‘i jahondagi 17 mam-lakatga chiqariladi. Maykop sh.da ishlab chiqariladigan yuksak darajada tozalan-gan insulin chet elda keng tarqalgan.Madaniyati. A.da o‘rta umumiy, hunar-texnika va oliy ta’lim rivojlangan. A.da universitet, Maykop davlat texnologiya in-ti, A. xalqaro FA, tarix-o‘lkashunoslik muzeyi, ommaviy kutubxonalar, klub muassasalari bor. Qadim zamonlardan mardlik eposi, qahramonlik qo‘shiqlari, og‘zaki tarixiy hikoyalar keng yoyilgan. Adabiyot va san’at arboblari — shoir-lar L. Kuek, R. Xochemizova, rassomlar P. Amosyan, V. Dolgov, V. Mexed, F. Petu-vash, T. Kat, M. Tuguz, 3. Guchev, M. Gogu-nokovlar mashhur. Jez davridan qolgan oltin va kumush idishlar, hayvonlar tasvirlangan haykalchalar ma’lum, ilk temir davrida zargarlik buyumlari va keramika paydo bo‘lgan. Amaliy naqsh san’atining an’anaviy turlari: kumush-ga gul solish, zar va kumush ip bilan kashta tikish rivojlangan. Hoz. davrda dastgoh tasviriy san’ati urf bo‘ldi. O‘rta a.larda Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li respublika hududidan o‘tgan. Adigeylarning ajdodlari jahon arxeologiyasida mashhur bo‘lgan Maykop madaniyatini yaratganlar, mahobatli tosh sag‘analar barpo etganlar. A.da simfo-nik orkestr, kamer teatri, xalq cholg‘u as-boblari orkestri ishlab turibdi. May-kopda Sharq xalqlari san’ati Davlat muzeyining filiali ochilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil