Leningrad viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leningrad viloyati - RFdagi viloyat. Shim.-Gʻarbiy iqtisodiy r-nga kiradi. 1927 y. 1 avg .da tashkil etilgan. Mayd. 85,9 ming km2. Aholisi 1681,7 ming kishi (Sankt-Peterburg sh.dan tashqari, 1998), Sankt-Peterburg sh. va unga boʻysunuvchi shahar va shaharchalar bilan birga 6430,2 ming kishi. Asosan, ruslar; eston, ukrain, fin, tatar, karel, belorus, veps, yahudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 75 kishi. Shaharliklar 66% (Sankt-Peterburgsiz). 17 tumanga boʻlingan; 29 shahar, 37 shaharcha bor (1998). Markazi — Sankt-Peterburg sh. L.v. shim.gʻarbda Finlyandiya, gʻarbda Estoniya bilan chegaradosh. Hududining koʻp qismi Boltiq boʻyi pasttekisligida, sharqiy va shim.-sharqiy qismlari Valday va Olonets qyrlarida joylashgan. L.v. Fin qoʻltigʻi, Ladoga va Onega koʻllari bilan qurshab olingan. Toʻrtlamchi davr muzlanishlaridan qolgan morena tepalari va tekisliklari sakdangan. Fin qoʻltigʻi va Ladoga koʻli oraligʻida Kareliya boʻyni qirlari joylashgan. Yer yuzasining bal. 300 m gacha. Fin qoʻltigʻi sohillari pasttekislik, ayrim joylarda qum tepalar uch-raydi. Shim. sohillarida juda koʻp qoʻltiq va qoyali orollar bor. Foydali qazilmalardan boksit, yonuvchi slanets, fosforit, torf, kvars qumlari, oʻtga chidamli gil va b. mavjud. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iqlimi bilan kontinental iqlim oraligʻida. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —7°, iyulniki 15°. Yillik yogʻin 850 mm. Vegetatsiya davri 150— 173 kun. Asosiy daryolari: Neva, Volxov, Svir, Luga, Vuoksa, Syas. Koʻl koʻp. Tuproqlari podzol va turli xil botqoq tipli, chirindiga boy karbonatli tuproqlar. Viloyat hududining qariyb yarmi oʻrmon bilan qoplangan. Yovvoyi hayvonlardan olmaxon, krot, tulki, oq quyon, los va b. uchraydi. Daryo va koʻllarda turli xil baliqlar bor. Quyi Svir qoʻriqxonasi mavjud. Neva qoʻltiqchasi va Viborg qoʻltigʻi suvlari sanoat chiqindilari bilan juda ifloslangan.

L.v. sanoati eng yirik sanoat markazi Sankt-Peterburg bilan bogʻliq. Iqtisodiyotining asosini sanoatning , asosan, oʻrmon, yogʻochsozlik, yoqilgʻi, sellyuloza-qogʻoz va alyuminiy tarmoqlari tashkil qiladi. Eng yirik korxonalari: Svetogorsk va Syas sellyuloza-qogʻoz k-tlari. Priozyorsk sellyuloza zavodi va Gatchina karton-qogʻoz f-kasi. Alyuminiy sanoati Volxov alyuminiy zavodi (maxsus toza metall ishlab chiqariladi), Boksitogorsk r-nidagi boksit koni, Boksitogorsk va Pikalyovo glinozem zavodlaridan iborat. Mashinasozlik sanoati, elektrotexnika, energetika, kemasozlik va vagonsozlik, q.x. mashinalari i.ch.ga ixtisoslashgan. Ogʻir mashinasozlik ham mavjud. Elektrotexnika va radio-elektronika, priborsozlik, kemasozlik va vagonsozlik, turli xil sanoat jihozlari i. ch. sanoat tarmoqlari bor. Kime sanoatida kon-kimyo (fosforit) tarmoqlari rivojlangan. Yonilgʻi sanoatining eng yirik korxonalari: Kirishi sh.dagi neftni qayta ishlash zavodi (dizel yonilgʻisi, mazut, benzin ishlab chiqaradi). Oʻnlab torf va slanets, boksit korxonalari ishlab turibdi. Qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Yengil sanoatning tikuvchilik, trikotaj, poyabzal tarmoqlari, ozik-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Svir, Volxov, Vuoksa, Narva daryolarida GES, Kirishi GRES, AES (Sosnoviy Bor sh.da) qurilgan.

Q.x., asosan, shahar atrofini meva, sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik bilan shugʻullaniladi. Yem-xashak (jami ekin maydonining 2/3 qismi), gʻalla ekinlari, SanktPeterburg atrofida kartoshka, sabzavot ekiladi. Volga — Boltiqsuv yoʻli, Oq dengiz—Boltiq kanali, Ladoga va Onega koʻllarida, Neva, Svir va b. daryolarda kema qatnaydi. Dengiz portlari — Sankt-Peterburg , Viborg , Kronshtadt (Boltiq harbiy dengiz floti bazasi); daryo portlari — Sankt-Peterburg , Shlisselburg , Sviritsa, Voznesenye, Podporojye, Lodeynoye Pole.

L.v. hududida koʻpgina xlorid-natriyli mineral suvli buloqlar, Fin qoʻltigʻi sohili boʻylab sapropelli balchiqlar konlari joylashgan. Kurort zonalari — Leningrad (tarkibiga Sestroretsk kurorti va Zelenogorsk, Solnechnoye, Repino, Komarove, Ushkovo, Serovo, Molodyojnoye, Smolyachkovo kurort joylari kiradi) va Viborg hamda Lujsk kurort r-ni. "Staraya Ladoga" tarixiy-meʼmoriy va arxeologiya hamda "Monrepo parki" tarixiy-meʼmoriy va tabiiy muzey-qoʻriqxonalari faoliyat koʻrsatadi. L.v.da oʻzining meʼmoriypark ansambllari bilan mashhur boʻlgan Gatchina, Lomonosov, Pushkin, Petrodvorets, Pavlovsk sh.lari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil