Bryansk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bryansk viloyati — RF tarkibidagi viloyat. 1944 y. 5 iyudda tashkil etilgan. B. v.da 27 tuman, 16 shahar va 31 shaharcha bor. Mayd. 34,9 ming km2. Aholisi 1467 ming kishi (1999), asosan ruslar, shuningdek ukrainlar, beloruslar va b. yashaydi. Shaharliklar 60%. Markazi — Bryansk sh.

B. v. Oʻrta Rossiya qirlarining gʻarbiy chekkasida, relyefi toʻlqinsimon tekislik. Sharqiy qismi bir oz baland (200—250 m). Torf, fosforit, gil, qum, mergellar bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —7°—9°, iyulniki 18°—19,G. Yiliga 550—600 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Dnepr daryosi havzasiga mansub, eng yirigi — Desna. Asosan podzol tuproq uchraydi. B. v. ning kattagina qismi oʻrmon zonasida, jan.sharqiy qismigina oʻrmonli dasht zonasida. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qayin oʻsadi. Oʻtloq koʻp.

B.v. sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi oʻrinda. Teplovozlar, t.y. vagonlari, yuk avtomobillari, stanoklar, ekskavatorlar, avtogreyderlar, q.x mashinalari, priborlar, yengil sanoat uchun texnologik jihozlar ishlab chiqariladi. Bryanskda "Bryansk mashinasozlik zavodi", "Bryansk elektromexanika zavodi", "Bryansk avtomobil zavodi", yoʻl mashinalari i.ch. birlashmalari ishlab turibdi. Yengil sanoat jun gazlama i.ch.ga ixtisoslashgan. Bryanskda kamvol k-ti, Klinsida movut k-tlari, kanop yigiruv fkalari, "Krasniy gigant" koʻn birlashmasi bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, shifer, asbestsement quvurlar, oynashisha, isitish radiatorlari ishlab chiqariladi. Oynashisha zavodlari, Dyatkovo billur zavodi, "Bryansksement" i.ch. birlashmasi bor. Oʻrmonkimyo kompleksida mineral oʻgʻitlar, qogʻoz va karton ishlab chiqariladi. Taxta tilish, fanera, mebel, yogmoy, konserva korxonalari ishlab turibdi. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Q. x. gʻallakartoshka yetishtirish va sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari: javdar, suli, grechixa, bugʻdoy, texnika ekinlaridan konoplya, zigʻir, qand lavlagi, tamaki. Qoramol, shu jumladan sigir, choʻchqa, qoʻyechki, parranda boqiladi. Asosiy transporti — t.y. Avtomobil yoʻllari zich. Desna daryosida kema qatnaydi. 3 oliy oʻquv yurti, 26 oʻrta maxsus oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil