Orenburg viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Оренбургская область
Orenburg viloyati
Orenburg viloyati bayrog'i Orenburg viloyati gerbi
Orenburg viloyati bayrogʻi Orenburg viloyati gerbi
Map of Russia - Orenburg Oblast (2008-03).svg
Administrativ markaz Orenburg
Maydon 123 702 km² (29-chi)
- suv qismi 0,1%
Aholi 2 016,1 ming kishi (24-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 16,3 kishi / km²
YaIM 455,0 mlrd rub. (21-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 200,9 ming rub.
Federal okrug Privoljskiy
Iqtisodiy tuman Uralskiy
Gubernator Yuriy Aleksandrovich Berg
Qonunchilik majlisi raisi Sergey Ivanovich Grachev
RF subyekti kodi 56
Vaqt mintaqasi Andoza:MSK+2

Orenburg viloyati (1938-1957 y.larda Chkalov viloyati) — RF tarkibidagi viloyat. Ural iqtisodiy r-niga kiradi. Mayd. 124 ming km2. Aholisi 2229,6 ming kishi (1998), asosan, ruslar (72,3%), shuningdek, tatar, ukra-in, qozoq, mordva, boshqird, nemis, chuvash, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64,1%. Markazi — Orenburg sh. Tarkibida 35 maʼmuriy r-n, 12 shahar, 26 shaharcha bor. Boshqa yirik shaharlari — Orsk, Novotroitsk.

O.v. hududining koʻp qismi Jan. Ural togʻlari etagida. Foydali qazilmalari: neft, gaz, toshtuz, slanets, fosforit, qoʻngʻir kumir, nikel, kobalt, mis kolchedani, oltin, asbest, oʻtga chidamli gillar, yashma. Iklimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi — 14° dan —19° gacha, iyulniki 19—22°. Yillik yogʻin 300—450 mm. Vegetatsiya davri 180 kungacha. Asosiy daryosi — Ural va uning irmoklari: Jan.-sharkda oqmas koʻllar bor. O.v., asosan, choʻl zonasida joylashgan. Tuproqlari kora, kashtan tuproklar. Har xil oʻt-betaga chalov dasht oʻsimliklari oʻsadi. Hududining 4% oʻrmon (oq qayin, qaragʻay). Tulki, oq tovushqrn, malla tovushqon, yumronqoziq, sugʻur, oʻrdak, gʻoz, baliqchi bor. Viloyat hudu-dida Orenburg qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Sanoatining asosiy tarmoklari: yoqilgʻi, qora va rangli (nikel, mis, xromli birikmalar) metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya sanoati uchun jihozlar, sovitqich asbob-uskunalar, temirchilik-presslash mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrodvigatellar, q.x. mashinalari uchun ehtiyot qismlar va b. ishlab chiqariladi), kimyo, neft kimyosi, oziqovqat (goʻsht mahsulotlari, un, yorma, osh tuzi, oʻsimlik yogʻi) sanoatlari. Eng yirik korxonalari: "Orenburgneft", "Orenburggazprom", "Orenburgnefteorgsintez", "Orenburgasbest", "Nosta" (Novotroitsk), "Yujural nikel" (Orsk), Orsk yengil metallkonstruksiyalar z-di, "Orenteks" (Orenburg), Medno-gorsk mis-oltingugurt k-ti, Gay ruda boyitish k-ti, "Yujuralmash" (Orsk), "Gidropress" stanoksozlik z-dlari (Orenburg). Gaz (Orenburg gaz kondensat koni), neft (Uraloldi r-ni), temir (Xalilov koni), mis (Gay koni) va nikel rudalari (Kiyemboy koni), tosh tuzi (Iletsk koni), qoʻngʻir koʻmir (Tyulgan kumir razrezi) va b. kazib olinadi. Iriklin GRES ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari — Orenburg , Orsk, Buzuluk, Mednogorsk, Novotroitsk, Gay, Buguruslan, Quvondiq sh.lari. Q.x.da don-chorvachilik yoʻnalishlari rivojlangan. Bugʻdoy, suli, tariq, mosh, kungaboqar, kartoshka, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Qoramol (sut-goʻsht zotlari), choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Avtoyoʻllar zichligi 101 km/ming km2. 5 oliy oʻquv yurti, kutubxona va klublar, kasalxonalar bor. Gay balneobalchiq kurorti ishlab turibdi. [1]

Orenburg viloyati - Rossiyadagi viloyatlardan biri, viloyat markazi - Orenburg shahri.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil