Voronej viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voronej viloyati - RF tarkibidagi viloyat. 1934 y. 13 iyunda tuzilgan. Mayd. 52,4 ming km2. Aholisi 2475 ming kishi (1999), 15 shahar va 22 shaharcha bor (1991). Jan.da Ukrainaning Lugansk viloyati bilan chegaradosh. Markazi — Voronej sh. V. v.ning kattagina qismini Oʻrta Rossiya qirlari (eng baland joyi 242 m) va Oka-Don tekisligi egallagan. Jan.-sharqiy qismida Kalach qirlari bor. Foydali qazilmalari: mergel, boʻr, har xil gil, kvars kumi va b. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim.da — 10,5°, jan.

da —8,5°, iyulniki 19,6°— 21,8°. Yiliga 550—560 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 190—200 kun. Asosiy daryosi — Don va uning irmoqlari: ungda — Veduga, Devitsa, Tixaya Sosna, Chernaya Kalitva, Potudan, chapda — Voronej, Bityug , Osered va b. Asosan, qoratuproq, dare vodiylarida allyuvial oʻtloqi tuprokdar tarqalgan. Viloyat dasht va oʻrmondasht zonasida. Oʻrmonlar, asosan, daryo vodiylarida qolgan. Viloyatda Voronej qunduz qoʻriqhonasi va Xopyor vixuxol qoʻriqxonasi tashkil qilingan.

Sanoatining energetika bazasini Voronej GRES, Noviy Voronej AES va yirik korxonalarning TETSlari tashkil etadi. Mashinasozlik — sanoatining yetakchi tarmogʻi. Kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati, savdo, suv xoʻjaligi uchun texnologik asbob-uskunalar, metall qirquvchi stanoklar, temirchilikpress mashinalari, ekskavatorlar, yer qaziydigan frezer mashinalar, turli q. x. mashinalari, jumladan don tozalaydigan mashinalar, kuprik konstruksiyalari va b. buyumlar ishlab chiqariladi. Televizor, radiopriyomnik va radiola i.ch. katta ahamiyatga ega. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik kauchuk, shina, farmatsevtika preparatlari Voronejda). Qurilish materiallari: oʻtga chidamli buyumlar (Semiluki), sement (Podgorenskiy), sopol plitalar, yigʻma temir-beton (Voronej), boʻr va ohak (Kopanishche) tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida yogʻ, shakarqand, goʻsht, un-yorma tarmoqlari rivojlangan. Gʻalla, kartoshka va sabzavot-poliz hamda texnika ekinlari va yem-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachilik, asosan goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Parrandachilikda xolmogori gʻozi koʻp. V. v.da qoramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. T. y. rivojlangan. Asosiy t. y. magistrallari (Moskva — Voronej — Rostov-Don va Penza — Liski — Harkov) elektrlashtirilgan. Don va Voronej daryolarida kema qatnaydi. V. v.da 9 oliy oʻquv yurti, 4 teatr, 4 muzey bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil