Oltoy oʻlkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flag of Russia.svg Oltoy o'lkasi
Алтайский край
Flag of Russia.svg
Bayrog'i Abrantish
Bayrog'i Gerbi

Map of Russia - Altai Krai (2008-03).svg

Mamlakat Rossiya
Markazi Barnaul
Maydoni
  • barchasi
Rossiyada 22-o'rinda
  • 167 996 km²
Aholisi
Rossiyada 22-o'rinda
  • 14,4 kishi/km²
YaIM
  • barchasi
  • jon boshiga
Rossiyada 35 o'rinda
Federal okrug
Sibir
Iqtisodiy tumani
Ekaterinodar
Okrugning iqtisodiy nomi
G'arbiy-Sibir
Gubernatori
Aleksandr Karlin
RF sub'ektining kodi
22
Vaqt mintaqasi MSK+3 (UTC+7)

Oltoy o'lkasi (ruscha: Алтайский край) — Rossiyadagi o'lka. Oltoy oʻlkasi — RF tarkibidagi oʻlka. 1937 y. 28 sent.da tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibirning jan.da, Ob daryosi yuqori oqimi va uning irmoqlari — Biya va Katun havzalarida joylashgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy r-niga kiradi. Oltoynit deyarli hammasini, Salairning gʻarbiy yon bagʻirlarini va unga yondosh tekislik hamda togʻ oldi hududlari — Dashtli Oltoyni oʻz ichiga oladi. Jan.-sharkda MXR va Xitoy bilan chegaradosh. Mayd. 169,1 ming km2. Aholisi 2672 ming kishi (1998), asosan, ruslar (89,5%), shuningdek, ne-mis (4,9%), ukrain (2,9%) va b. millat vakillari ham (2,7%) yashaydi. Shahar aholisi 52,6%. Markazi — Barnaul sh. Boshqa yirik shaharlari: Biysk, Rubsovsk. 60 maʼmuriy tuman, 12 shahar, 15 shaharchaga boʻlingan.

O.oʻ. 1917 y.gacha Tomsk gubernyasi tarkibida boʻldi, 1917 y.dan Oltoy gubernyasi deb atalgan, 1925 y.dan Sibir oʻlkasi tarkibida (1930 y.da Gʻarbiy Sibir oʻlkasi qilib oʻzgartirildi). 1991 y. oʻlka tarkibidan Togʻli Oltoy respublikasi (1992 y.dan Oltoy Res-publikasi) ajralib chikdi.

Tabiati. Oʻlka hududi Ob daryosi tomonidan sharqiy (Salair kryajining togʻ etagi va yon bagʻirlari) va gʻarbiy (Kulundi tekisligi, Ob boʻyi platosi) qismlarga boʻlinadi. Jan.-sharqda — Oltoy togʻlari tarmogʻi (bal. 2421 m gacha). Toshkoʻmir, polimetall rudalar, Kulundi tekisligi koʻllarida turli tuz konlari bor. Iqlimi kontinental.

Qishi sovuq, kam qorli. Yanv.ning oʻrta-cha t-rasi —19°. Yozi qisqa, iliq, iyulning oʻrtachi t-rasi 19°. Yiliga 250— 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 160—170 kun. Xududining katta qismi Ob va uning irmoqlari — Biya va Katun havzalariga mansub daryolaridan sugʻoriladi, qolgan daryolar Kulundi dashtining oqmas havzasiga mansubdir. Yirik koʻllari — Kulundi, Kuchuk. Tuproqlari asosan, qoratuproq (tekisliklarda). Oʻlkaning gʻarbiy qismida shoʻrlangan tuproqlar, togʻlarda togʻ podzol tuproklar. Oʻlka hududining 1/3 qismi oʻrmon. Tekislik qismini dasht va oʻrmonli dasht egallagan. Dasht oʻsimliklari deyarli qolmagan, koʻp yerlar haydab yuborilgan. Togʻlarning eng tepasida alp va subalp oʻtloqlari hamda togʻ tundrasi mavjud.

Hayvonot dunyosi. Dashtlarda kemiruvchi koʻp, qushlardan dasht toʻrgʻayi va balchiqchi, tuvaloq, bizgʻal-doq, dasht burguti, daryo vodiylarida suv parrandalari, togʻlarda los, maral, togʻ echkisi, togʻ qoʻyi yashaydi. O.oʻ.ning jan.-sharqiy qismida Oltoy qoʻriqhonasi bor.

Xoʻjaligi. Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (traktor, traktor pluglari — «Altaytraktor» aksiyadorlik jamiyati; q.x. mashinalari — «Altayselmash-xolding»; bugʻ qozonlari; magistral yuk vagonlari — «Altayvagon» Rossiya i.ch. ning 1/z qismini beradi; «Altaydizel», «Sibenergomash» va b.); kimyo va neft-kimyosi (shina, sunʼiy tola, kimyo mahsulotlari va b. ishlab chikarish — «Ximvolokno», «Barnaulshina», «Kauchuksulfat», kimyo reaktivlari z-dlari, «Altayximprom» i.ch. birlashmasi); oziq-ovqat (goʻsht, pishloq, moy i.ch.), yengil (ip-gazlama, trikotaj i.ch.), konchilik (polimetall rudalar, oltin, simob, osh tuzi va glauber tuzi); oʻrmon va yogʻochsozlikdir.

Oʻlkadagi korxonalar uy-roʻzgʻor texnikasi: «Ob» va «Altay-elektron» kir yuvish mashinalari, sentrifuga, «Altay» televizorlari, elektronasoslar, «Drujba» benzopilalari, oshxona mashinalari va b. hamda maishiy kimyo tovarlari, mebel, sport va turizm bilan shugʻullanish uchun mahsulotlar chiqaradi. Asosiy sanoat markazlari: (Barnaul, Biysk, Rubsovsk, Novoaltaysk, Slavyangorod, Zarinsk shaharlari).

Qishloq xoʻjaligida gʻalla, sut, goʻsht yetishtiriladi. Kungaboqar, qand lavlagi hamda zigʻir ekinlari koʻp ekiladi. Mevachilik rivojlangan, galla, kartoshka, sabzavot ekiladi. Qoʻychilik, parrandachilik, asalarichilik, moʻynachilik taraqqiy etgan. Togʻlarda ola kiyik va marallar boqiladi. Biyskdan Mongoliyaga Chuya trakti oʻtgan. Av-toyoʻllar zichligi 83 km/ming km2 (1997). Ob daryosida kema qatnaydi. 6 oliy oʻquv yurti, kutubxonalar, balneolo-gik va iqlimiy kurortlar bor[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil