Aholi zichligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turli mamlakatlarda aholi zichligi (kishi/km2), 2006

Aholi zichligi birlik maydon yoki hajmdagi aholi miqdoridir. Muhim geografik tushunchalardan biri.[1] Har qanday tirik organizmlar uchun tushunilishi ham mumkin, biroq aholi zichligi deganda asosan faqat odamlar joylashuvi nazarda tutiladi.

Aholi zichligi - muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mam-lakat yoki biror hudud (viloyat, tu-man) aholi sonini shu joy mayd.ga (odat-da 1 km2 ga) taqsimlash bilan hisoblab chiqariladi. Odam yashaydigan quruqlikda o‘rtacha A.z. 1 km2 ga qariyb 39 kishi-ga to‘g‘ri keladi (1990-y.lar boshi), mas, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Niderlan-diya, Belgiyada 300 dan ziyod, Monakoda 15539,5 kishi, Avstraliyada A.z. juda past — 1 km2 ga 2,3 kishi, Mongoliyada — 1,4 kishi (1992). Cho‘l va baland tog‘larda 0,01 dan 1 kishigacha. RF da A.3.1 km2 ga 8,7 kishi (1990). O‘zbekistonda A.Z. bir km2 ga 54,7 kishi to‘g‘ri keladi (1998). Umuman olganda dunyoning aholi zich yashaydigan r-nlarda, qariyb 7% mayd.ni egallagan quruqlikning odam yashaydi-gan qismi (oykumena)da Yer kurrasidagi jami aholining 70% ga qadar aholisi mujassamlashgan. [2]


Jahon aholisi 7 milliarddan oshiq,[3] Yerning jami maydoni (suv va quruqlik bilan birga) — 510 million kvadrat kilometr.[4] Demak, butunjahon aholi zichligi 7 milliard ÷ 510 million = 13,7 kishi/km2. Agar faqat quruqlik hisobga olinsa (150 million km2), unda butunjahon aholi zichligi — 46,6 kishi/km2 (117.2 per sq. mile). Bunda Antarktida ham hisobga olingan; Antarktidasiz hisoblansa, koʻrsatkich yana oshadi - 50 kishi/km2.[1] Yer yuzining yarmidan ortigʻi (choʻl, togʻ va hk) odamlar yashashi uchun juda noqulay boʻlgani va odamlar asosan suv havzalari yonida yashagani uchun, bu raqamlardan amaliy naf yoʻq.

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Matt Rosenberg Population Density. Geography.about.com. March 2 2011. Retrieved on 2011-12-10.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. U.S. & World Population Clocks. Census.gov. Retrieved on 2011-12-10.
  4. World. CIA World Handbook