Yamal Nenetslari muxtor okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yamal nenetslari muxtor okrugi — RF Tyumen viloyati tarkibidagi muxtor okrug . 1930 yil 10 dek.da tashkil etilgan. Mayd. 750,3 ming km2. Aholisi 507,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar va nenetslar, shuningdek, ukrain, tatar, xanti, komi, selkup, belorus, boshqird va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 83,4%. Tarkibida 7 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 8 shaharcha bor. Markazi — Salexard shahri Boshqa yirik shaharlari — Noyabrsk, Noviy Urengoy, Nadim. Ya.N.m.o. Gʻarbiy Sibir pasttekisligining shim. qismida joylashgan. Yamal, Taz va Gidan ya.o.lari va Beliy, Oleniy, Shokalskiy o.laridan iborat. Okrugning yer yuzasi pasttekislik (oʻrtacha bal. 50—100 m), faqat gʻarbida togʻlar (Qutbiy Uralning sharqiy yon bagʻri, eng baland joyi — 1499 m, Payer togʻi) bor. Okrugning koʻproq qismi Qutbiy doiradan ichkarida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, qattiq sovuq. Qish 9 oy davom etadi. Yanv.

ning oʻrtacha t-rasi —22°, —26°, iyulniki 4°—14°. Yiliga 200— 400 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 50—100 kun. Yirik daryolari: Ob (quyi oqimi), Nadim, Pur, Taz, Poluy. Koʻl koʻp (yiriklari: Yarato, Nitto, Yambuto). Tundra, gleyli, botqoq, gleylipodzol va podzol tuproqlar xos. Hududining 3/4 qismi tundra va oʻrmonli tundra oʻsimliklari bilan qoplangan. Tundrada yovvoyi hayvonlardan: shim. bugʻusi, oq quyon, boʻri, kolonok, olmaxon va boshqalar; qushlardan oq va tundra kakliklari, karqur bor. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Okrug hududida Yuqori Taz qoʻriqxonasi joylashgan.

Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — gaz va neft qazib olish, baliq ovlash; oʻrmon va yogʻochsozlik, qurilish sanoatlari rivojlangan. Bugʻuchilik, darrandachilik va moʻynali hayvonlarni ovlash bilan shugʻullaniladi. Salexard baliqni qayta ishlash kti, "Noyabrskneftegaz", "Purneftegaz", "Urengoygazprom", "Yamburggazdobtcha" va boshqalar korxonalar ishlab turibdi. Dengiz hayvonlarini ovlash bazasi, yogʻochsozlik kti, taxta ortish tushirish bazasi bor. Ya.N.m.o. bugʻuchilik boʻyicha Chukotkadan keyin 2-oʻrinda turadi. Okrug oq tulki, tiyin, ondatra moʻynalarini; dyrrandachilik fermalari esa qora tulki, koʻk tulki, norka moʻynalarini yetishtirib beradi. Qoramol boqiladi. Kartoshka, karam yetishtiriladi. Asosiy transport turi — suv transporti. Ob daryosi va uning irmoqlari Taz, Pur vaOb qoʻltiqchasida muntazam kema qatnaydi. Labitnangi posyolkasidan Ural orqali Seyda st-yasigacha t.y. liniyasi (umumiy uz. 495 km) oʻtgan. Qattiq qoplamali yoʻllar uz. 851 km. Uzoq tumanlarida bugʻuchilik transporti rivojlangan.