Xanti-Mansilar muxtor okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xanti-mansilar muxtor okrugi (1940-yilgacha OstyakVogullar milliy okrugi) — Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyatidagi muxtor okrug. 1930-yil 10dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 523,1 ming km². Aholisi 1433,1 ming kishi (2002), xantilar, mansilar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 90,9%. Markazi — XantiMansiysk sh. Asosiy shaharlari — Surgut, Nijnevartovsk, Nefteyugansk. Tarkibiga 9 tuman, 16 shahar, 24 shaharcha kiradi. X.Xanti-Mansilar muxtor okrugio. Gʻarbiy Sibir pasttekisligining markaziy qismida, Ob va Irtish daryolarining quyi oqimida joylashgan. Yer yuzasi — tekislik. Chekka garbiy kismi Shimoliy va Qutb yoni Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻirlaridan iborat. Neft va gazning yirik konlari mavjud. Iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —18°dan —23° gacha, iyulniki 16°—19°. Yiliga 400– 500 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 120—130 kun. Shimolida koʻp yillik muzloq yerlar bor. Asosiy daryosi Ob va uning irmoqlari (Irtish, Shimoliy Sosva, Vax, Pim, Lyamin, Nazim, Kazim). Koʻl koʻp (1500 dan ziyod), ular aksari bir-biri bilan tutashgan. Botqoqliklar katta maydonlarni egallaydi. Tuproqlari torfbotqoq, podzol va allyuvial tuproqlar. Hududining 30% oʻrmon. Krraqaragʻay, qaragʻay, kedr, qayin oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan olmaxon, sobol, kolonok, tulki, oq quyon, suvsar, oq suvsar va boshqa bor. Qushlarning 200 ga yaqin turi, shu jumladan, bulduruq, karqur, oq kaklik mavjud. Daryo va koʻllarida baliq (losos, oq baliq, osyotr va boshqa turlari) koʻp.

Okrugda "Kichik Sosva", "Yugan" qoʻriqxonalari, "Numto", "Sibir Uvallari" tabiiy bogʻlari, "Konda koʻllari", "Yuqori konda" davlat tabiat buyurtma hududi bor.

Neft (Samotlor, Mamontov, Fyodorov va boshqalar) va gaz (Igrim, Pungim va boshqalar) qazib olinadigan yirik rn. Neft va gazni qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik, oʻrmon va yogʻochsozlik, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoatlari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yirik korxonalari: "Surgutneftegaz" (Surgut sh.), "Yuganskneftegaz" (Nefteyugansk sh.), "Lukoyl— Kogalimneftegaz" (Kogalim sh.), "Langepasneftegaz" (Langepas sh.), "Kondpetroleum" (Nyangan sh.). Surgut va Nijnevartovsk yonida issiklik elektr styalari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligida chorvachilik, shu jumladan, bugʻuchilik, sut chorvachiligi va darrandachilik, moʻynachilik rivojlangan. Sabzavot, kartoshka va boshqa ekiladi. Ob, Irtish, Konda, Shimoliy Sosva, Vax daryolarida kema qatnaydi. Transport yoʻlilar uz. 2454 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 16970 km. 5 daryo porti (shu jumladan, eng yiriklari Surgut va XantiMansiysk) mavjud. Okrugda 14 aeroport (shu jumladan, XantiMansiysk va Surgutda xalkaro aeroport lar) faoliyat koʻrsatadi. Okrug hududidan Nijnevartovsk—AnjerSudjensk—Surgut—Polotsk; Nijnevartovsk—Samara, UstBalik—Omsk neftgaz quvurlari; Urengoy—Pomari—Ujgorod, Urengoy—Chelyabinsk gaz quvurlari oʻtkazilgan.

Tibbiyot, pedagogika institutlari, Tyumen qishloq xoʻjaligi akademiyasi boʻlimi bor. Bir qancha arxeologiya yodgorliklari, shu jumladan, Bars togʻi (Surgut yonida) mavjud. Sanatoriykurort va dam olish muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Varyegan, Laryak, Ugut qishloqlarida etnografiya muzeylari, XantiMansiysk sh. yaqinida ochiq osmon ostidagi "TorumMaa" muzeyi joylashgan.