Rostov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Ростовская область
Rostov viloyati
Rostov viloyati bayrog'i Rostov viloyati gerbi
Rostov viloyati bayrogʻi Rostov viloyati gerbi
Administrativ markaz Rostov-na-Donu
Maydon 100 967 km² (33-chi)
- suv qismi 2,06%
Aholi 4 254,8 ming kishi (6-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 42,1 kishi / km²
YaIM 632,2 mlrd rub. (16-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 135,7 ming rub.
Federal okrug Janubiy
Iqtisodiy tuman Shimoli-Kavkaz
Gubernator Vasiliy Yuriyevich Golubev
RF subyekti kodi 61, 161
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)
Rasmiy sayt www.donland.ru

Rostov viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil 13 sentabrda tuzilgan. Janubiy federal okrugiga kiradi. Maydoni 100,8 ming km². Aholisi 4406,7 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, arman, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi – 67,6%. Viloyat tarkibida 43 maʼmuriy tuman, 23 shahar, 25 shaharcha bor. Markazi – Rostov Don shahri. Boshqa yirik shaharlari: Taganrog, Shaxti, Novocherkassk, Volgodonsk, Novoshaxtinsk.

Rostov viloyati Rossiya Yevropa qismining janubida joylashgan. Janubi-gʻarbda Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻiga tutash. Relyefi, asosan, tekislik. Gʻarbida Donetsk kryajining sharqiy etaklari (eng baland joyi – 253 m), shimolida Don gryadasi, janubi-sharqda Yergeni qirlari, janubida KumaManich botigʻi joylashgan. Foydali qazilmalari: temir rudasi, antratsit, kokslanuvchi kumir, kvarsit, ohaktosh, qurilish materiallari, osh tuzi, tabiiy gaz va boshqa

Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –9° dan (shimolida) – 5°gacha (janubida), iyulniki 22°, 24°. Oʻrtacha yillik yogʻin 400–650 mm. Vegetatsiya davri 165–180 kun. Asosiy daryolari – Don va uning irmoqlari (Severe kiy Donets, Sal, Manich va boshqalar).

Qoratuproq, kashtan, shoʻrtob tuproqlar tarqalgan. Har xil boshoklilar, betagachalov, shuvoq oʻsadi. Tulki, saygʻoq, sassiqkoʻzan, yumronqoziq, qoʻshoyoq, bedana, kaklik yashaydi. Viloyat hududida Rostov qoʻriqxonasi joylashgan.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi (kombaynlar, kultivatorlar va boshqa – "Rostselmash" ishlab chiqarish birlashmasi), energetika; temirchilikpresslash ("Donpressmash" ishlab chiqarish birlashmasi), metallurgiya, neft, savdo jihozlari, metallsozlik stanoklari, asboblar, elektrovozlar (Novocherkassk elektrovoz zavodi), ekskavatorlar, optikamexanika, uyroʻzgʻor elektr asboblari, neftgazni qayta ishlaydigan jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi (kimyo tolasi, plastmassa, texnik rezina, lokboʻyoq mahsulotlari), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻmoy, konserva va boshqalar) sanoatlari ham rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Toshkoʻmir qazib olinadi (Donetsk havzasi). Novocherkassk va boshqa issiqlik elektr stansiyalari, Simlyansk GES bor. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, sholi, kungaboqar, poliz, sabzavot, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik va mevachilik rivojlangan. Chorvachiligi goʻshtsutga ixtisoslashgan. Qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, parranda boqiladi. Azov dengizi, Don, Severskiy Donets, Gʻarbiy Manich daryolarida kema qatnaydi. Dengiz porti – Taganrog; daryo portlari – RostovDon, UstDonetskiy. Transport yoʻlilar uz. 1865 km, kattik qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 10988 km (2002). 16 oliy oʻquv yurti, 8 muzey, 7 teatr, filarmoniya, sirk, kimiz bilan davolaydigan Manich iklim kurorti, Vyoshenskaya kurorti va 12 sanatoriy mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil