Kursk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kursk viloyati - RFdagi viloyat. Markaziy Qoratuproq iqtisodiy rniga kiradi. 1934 y. 13 iyunda tashqil etilgan. Mayd. 29,8 ming km2. Aholisi 1336,4 ming kishi (1998), asosan ruslar; shuningdek, belorus, ukrain va b. ham yashaydi. Shaharliklar 60,9%. 28 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 23 shaharcha bor (1998). Markazi — Kursk sh.

K. v. Rossiya Yevropa qismining markazida Oʻrta Rossiya qirlarida joylashgan. Oʻrtacha bal. 200 m. Foydali qazilmalari: Kursk magnit anomaliyasi, temir rudasi, fosforit, boʻr, torf, har xil gil, qum va b. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi gʻarbida — 7,7° dan shim.da — 9,4°gacha. Yillik yogʻin 480—600 mm. Vegetatsiya davri 187—193 kun. Asosiy daryolari: Seym va uning irmoqlari. Asosan, qoratuproq, shim.gʻarbida sur tusli oʻrmon tuproklari tarqalgan. Viloyat hududida Markaziy qoratuproq qoʻriqxonasi joylashgan.

K.v. sanoatining yetakchi tarmoqlari: koʻp tarmoqli mashinasozlik va metallsozlik. Temir ruda sanoati (Mixaylovskoye kon boyitish k-ti) Rossiyaning metallurgiya zavodlarini yuqori sifatli xom ashyo bilan taʼminlaydi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida texnik rezina, oʻgʻit, lok-boʻyoq mahsulotlari, Kursk "Ximvolokno" i.ch. birlashmasida sintetik tola,"Schetmash"da hisoblash mashivalari ishlab chiqariladi. Yengil sanoatda jun mato, ustki va ichki trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida shakarqand zavodi bor. Kursk AES mavjud. Bugʻdoy, javdar, arpa va b. ekiladi. Asosiy texnika ekini — qand lavlagi. Sabzavotchilik, kartoshkachilik, mevachilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. Yirik t.y. tugunlari: Velikiye Luki — Novosokolniki — Nevel.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil