Volgograd viloyati
| Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
| Волгоградская область Volgograd viloyati |
|
|---|---|
| Volgograd viloyati bayrogʻi | Volgograd viloyati gerbi |
| Administrativ markaz | Volgograd |
| Maydon | 112 877 km² (31-chi) |
| - suv qismi | 3,1% |
| Aholi | 2 583,3 ming kishi (19-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
| - zichlik | 22,9 kishi / km² |
| YaIM | 437,4 mlrd rub. (20-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
| - jon boshiga | 165,8 ming rub. |
| Federal okrug | Janubiy |
| Iqtisodiy tuman | Povoljskiy |
| Gubernator | Sergey Anatoliyevich Bojenov |
| RF subyekti kodi | 34, 134 |
| Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
| Rasmiy sayt | www.volganet.ru |
Volgograd viloyati - RF tarkibidagi viloyat. 1936 y. 5 dek.da tashkil etilgan. Mayd. 113,9 ming km2. Aholisi 2645 ming kishi (1999), shaharliklar 76%. V. v.da 19 shahar, 32 shaharcha bor (1991). Markazi — Volgograd sh.
V. v. Quyi Volga boʻyida dasht va chala choʻl zonasida. Volga daryosi vodiysi viloyat hududini 2 qismga: gʻarbiy — oʻng sohil va sharqiy (Zavolje) qismlarga ajratadi. V. v.da neft, tabiiy gaz, osh tuzi va magniy tuzi (Elton koʻlida), fosforit konlari topilgan. Mineral buloqlar mavjud. V. v. ning iqlimi kontinental, quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 8 dan — 12" gacha, iyulniki 23°. Yiliga 350 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Volga va Don. Yirik koʻllari: Elton, Gorkosolyonos; Simlyansk va Volgograd suv omborlari bor. V. v. energetika asosini Volga GES, Volgograd GRESlari va b. issiqlik elektr markazlari tashkil qiladi. Metallurgiya (poʻlat sim-kanat, quvur, alyuminiy z-dlari), mashinasozlik (traktorsozlik, minora kranlari, podshipniklar, elektrotexnika, neft, oziq-ovqat sanoatlari uchun jihozlar) sanoatlari rivojlangan. Viloyatda kimyo va neft kimyosi (sintetik tola, sintetik kauchuk, shina, texnik rezina, azot-kislorod z-dlari) sanoatlari katta oʻrin egallaydi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yengil (asosan toʻqimachilik), yogʻochsozlik va oziq-ovqat (goʻsht, sut, un-yorma, yogʻ-moy, konserva) sanoati tarmoqlari rivojlanmoqda. Asosiy sanoat markazlari — Volgograd, Voljskiy, Kamishii, Uryupinsk, Mixaylovka. V. v.da gʻalla ekinlaridan burdoy, tariq, texnika ekinlaridan xantal (gorchitsa) ekiladi, polizchilik (tarvuz), sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachilikda koʻproqqoramol, qoʻy va choʻchqa boqiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Transportida t.y., suv yoʻli va avtomobil yoʻllari katta oʻrin tutadi. V.v.da 8 oliy oʻquv yurti, 4 teatr, 5 muzey bor (1999).[1]
Hududiy boʻlinishi [tahrir]
Manbalar [tahrir]
|
|
VikiOmborda Volgograd viloyati haqida turkum mavjud. |