Chukotka muxtor okrugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Чукотский автономный округ
Chukotka muhtor okrugi
Chukotka muhtor okrugi bayrogʻi Xabarovsk oʻlkasi gerbi
Chukotka muhtor okrugi bayrogʻi Chukotka muhtor okrugi gerbi
Map of Russia - Chukotka Autonomous Okrug (2008-03).svg
Administrativ markaz Anadir
Maydon 721 481 km² (7-chi)
- suv qismi 3,3%
Aholi 50,7 ming kishi (82-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 0,07 kishi / km²
YaIM 42 mlrd rub. (78-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 831,1 ming rub.
Byudjet daromadi 14,85 mlrd rub.
- maʼlumot olingan vaqt 2011
Federal okrug Uzoq Sharq
Iqtisodiy tuman Uzoq Sharq
Gubernator Roman Valintinovich Kopin
RF subyekti kodi 87
Vaqt mintaqasi Andoza:MSK+8

Chukotka muxtor okrugi - RF dagi muxtor okrug . 1930. y. 10 dek. da tashkil etilgan. RF ning chekka gaim.

sharqida. Chukotka ya.o. va materikning bir qismi hamda orollar (Vrangel, Ayon, Arakamchechen, Ratmanov va b.)da joylashgan. Sharqiy Sibir, Chukotka va Bering dengizlari bilan chegaradosh. Okrugning koʻpgina qismi Shim. Kugbiy doiradan shim.da. Mayd. 737,7 ming km2. Aholisi 73,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (66%), shuningdek, ukrain; shim. xalklaridan: chukcha, even, eskimos, chuvan, yukagir va b. yashaydi. Shahar aholisi 69,3%. 8 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 3 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi — Anadir sh. Boshqa shaharlari — Bilibino, Pevek. Ch.m.o. hududida paleolit davridan odamlar yashab kelgan. 17-a.da Chukotkani Rossiya egallagan. 19-a.ning 20-y.laridan amerika sanoatchi va savdogarlari kela boshlagan.

Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlarining qirgʻoqlari kam oʻyilgan, yirik qoʻltigʻi — Chauna qoʻltikchasi. Bering dengizida chuqur fordlar va yirik qoʻltikdar bor. Okrug hududini oʻrab turgan dengizlar yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Okrugning markaziy qismda Anadir yassitogʻligi, jan.

sharqida Anadir payettekisligi, shim.

sharkda Chukotka togligi (eng baland joyi 1843 m) bor. Foydali qazilmalardan qalay, simob ruda konlari, toshkoʻmir, qoʻngʻir kumir, gaz va b. topilgan.

Iklimi qattiq sovuq. Ichki rlarda keskin kontinental. Qishi 10 oygacha davom etadi. Yanv.ning oʻrtacha trasi Bering dengizi sohillarida —15°, —21°, ichki qismlarida —27°, —39°. Eng past tra —38°, —55°. Kishda kuchli shamollar esadi. Yozi qisqa, salqin va seryogʻin. Iyulning oʻrtacha trasi 5—10°, Anadir payettekisligida 13°— 14°. Yiliga 200—500 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri okrugning jan. qismida 80—100 kun. Keng maydonlar koʻp yillik muzlok, yerlardan iborat. Daryolari Shim. Muz okeani va Tinch okean havzalariga mansub. Eng yiriklari: Anadir, Velikaya, Amguema, Omolon, Kagga va Kichik Anyuy. Koʻl koʻp. Okrug urmonli tundra, tundra va arktika choʻllari zonasida joylashgan. Tuproqlari, asosan, togʻtundra tuproqlari, pasttekisliklarda gleyli, gleylibotqoq va torfgleyli tuproqlar mavjud. Tundra oʻsimliklari usadi. Togʻlarning yuqori yon bagʻrilarida va Vrangel o.da arktika muz sahrolari bor. Anadir va b. yirik daryolar havzasida toʻptoʻp oʻrmonlar (tilogʻoch, terak, koreys toli, qayin, qandagʻoch va b.) uchraydi. Ch.m.o.da qutb tulkisi, boʻri, rosomaxa, burunduq, olmaxon, lemming , oq quyon, qoʻngʻir va oq ayiqlar; qushlardan oq va tundra kuri, oʻrdak, gʻoz, oqqush va b. yashaydi. Sohilda "qushlar bozori"da kayra, gaga, chagʻalaylar bor. Dengizlarda baliq (keta, gorbusha, golets) va dengiz hayvonlari (morj, nerpa va b.) koʻp. Daryo va koʻllarda chir, nelma, xarius mavjud. Vrangel oroli qoʻriqxonasi bor.

Okrug iqtisodiyotida kon sanoati yetakchi oʻrinda. Oltin, qalay, volfram, simob, koʻmir qazib olinadi. Issiqlik elektr markazlari bor. Baliq, qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Baliq, moʻynali va dengiz hayvonlari ovlanadi. Q.x.da yetakchi tarmoq — buguchilik. Sut chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik, shuningdek, darrandachilik (oq tulki, kumush rangqora tulki kupaytiriladi) salmoqli oʻrin egallaydi. Issiqxona xoʻjaligi rivojlangan. Kartoshka, sabzavot yetishtiriladi.

Asosiy transport turlari — dengiz va havo transportlari. Portlari: Pevek, Provideniya, Anadir, Egvekinot, Bering . Kema katnaydigan daryolari: Anadir, Velikaya, Katta va Kichik Anyuy. Qattiq qoplamali yoʻllar uz. 1279 km. (2002). Ch.m.o.da umumiy taʼlim maktablari, oʻrta maxsus bilim yurtlari, kutubxona, oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriykurort muassasasi va b. bor.

Hududiy boʻlinishi[tahrir]

Asosiy maqola: Chukotka muxtor okrugi hududiy boʻlinishi .