Irkutsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Irkutsk viloyati - RF tarkibi dagi viloyat. 1937 y. 26 sent. da tashkil etilgan. Sharqiy Sibirning jan. qismida. Mayd. 767,9 ming km2. Aholisi 2748 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, ukrainlar, belorus lar, tatarlar, chuvashlar, buryatlar, evenklar, tofalar yashaydi. Viloyat tarkibida UstOʻrda Buryatlari muxtor okrugi bor. I. v. 31 r-nga boʻlingan. 22 shahar, 60 shaharcha mavjud. Markazi — Irkutsk sh.

Viloyat hududining aksari qismini Oʻrta Sibir yassitogʻligining jan.

sharqiy qismi egallagan. Shim.sharq-ida Shim. Baykal va Patom togʻliklari joylashgan. I. v. da kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Iqlimi kontinen-tal. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 15° (Baykal sohilida) dan — 21° (Irkutskda)gacha va — 33° (Bodayboda). Qor qoplami 160—170 kun saqlanib turadi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 17°—19°. Yiliga 400 mm dan 800 mm gacha yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 116—127 kun. Shim. va togʻlik joylarida toʻngib yotgan yerlar bor. Asosiy daryolari: Angara, Quyi Tunguska, Lena va uning irmoqlari. Tuprogʻi, asosan, podzol tuproq. Hududining 80% oʻrmon. Tilogʻoch, qaragʻay, kedr, qoraqaragʻay, oqqaragʻay oʻsadi.

Oʻrmon, kimyo va neft kimyosi sanoati, energetika, rangli metallurgiya yetakchi oʻrinda. Mebel, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, koʻnchilik, goʻsht-sut, konditer, pivo, spirt va baliq sanoati tarmoqlari bor. Konchilik sanoatining asosiy tarmoklari: oltin (Bodaybo atrofi), slyuda (Mama-Chuya atrofi), talk (Onot koni), temir rudasi (Korshunove k-ti), tuz (Usolye-Sibirskoye), marmarsimon ohaktosh ("Pereval" koni), gips (Zalari koni) qazib olish. Mashinasozlik Irkutsk—Cheremxovo sanoat r-nida boʻlib, kon, neft-kimyo va metallurgiya sanoatlari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Yogʻoch tayyorlash korxonalari Angara, Ilim va Lenaning oʻrta oqimlarida joylashgan. Baykal va Bratsk sellyuloza zavodlarida kord sellyuloza ishlab chiqariladi. "Baykal" fanera-gugurt kti (Usolye-Sibirskoyeda), sement, keramika, gips zavodlari (Angarskda), shisha (Tulunda), yigʻma temir-beton, gʻisht-beton, gʻisht zavodlari, Irkutskdachoy qadoklash f-kasi, Usolyeda tuz zavodi, Irkutskda yogʻ-moy kti mavjud.

Gʻalla (bugʻdoy, grechixa, arpa, suli va b.) yem-xashak ekinlari, kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Chorvachilik sut-goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Shim. da bugʻuchilik, moʻynachilik, darrandachilik bilan shugʻullaniladi. Baykal, Angara va Lenada baliq ovlanadi. Asosan, Angara, Lena, Vitim daryolari va Baykal koʻlida kema qatnaydi. I. v. da BaykalAmur t.y. magistralining boshlangʻich punkti (Ust-Kut) joylashgan. 8 oliy oʻquv yurti, 6 teatr, 5 muzey bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil