Rubl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

RublRossiya Federatsiyasi pul birligi. 1992-yildan muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi RUR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 34,04 Rubl (2004, 20-yanvar).

Rubl 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar Rossiya imperiyasi, 1919—91 yillarda sobiq SSSR (shu jumladan, 1924—91 yillarda Oʻzbekiston)da amalda boʻlgan. "Rubl" atamasi 13-asrda Novgorodsa grivna [uz. 20 sm, ogʻirligi 200 g ga yaqin boʻlgan kumush quymasining kesilgan (ruscha "rublenniy")] yarim boʻlagi nomi tarzida paydo boʻldi. 1704-yildan boshlab muntazam holda vazni 28 g boʻlgan kumush Rubllar zarb qilina boshlandi, shuningdek, mis va oltin Rubllar ham zarb qilinishi davom etdi. 1843-yildan esa Rubl davlat xazinasining qogʻoz biletlari koʻrinishida chiqarila boshlandi. 1897-yilga kelib oltin Rubl asosiy pul birligiga aylandi va 1914-yilgacha muomalada boʻldi.

Dastlabki Sovet Rubl 1919-yilda kredit bileti sifatida chiqarilgan. Sobiq Ittifoq davrida Rubl banknotlari butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi sifatida toʻliq amal qilgan. Oʻsha davrda Rubl Oʻzbekiston Respublikasining ham rasmiy pul birligi boʻlgan va uning hududida "soʻm" deb nomlangan. SSSR mustaqil davlatlarga boʻlinib ketganidan soʻng Rubl Rossiya Federatsiyasining milliy valyutasi sifatida saqlanib qrldi.

Belarus Respublikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarus Respublikasi pul birligi. 1992-yilda muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi — BYR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 2042 Rubl (2003, may). Ashur Qodirov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil