Kostroma viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kostroma viloyati - RF dagi viloyat, 1944 y. 13 avg .da tashqil etilgan. Mayd. 60,1 ming km2. Aholisi 786,3 ming kishi (2000), asosan, ruslar. Shaharliklar 66%, 24 tumanga boʻlingan; 12 shahar, 8 shaharcha bor (1998). Markazi — Kostroma sh.

K. v. hududi past-baland tekislik. Fapbida Kostroma pasttekisligi, markazida Galich-Chuxloma qirlari va Unja pasttekisligi, shim.-sharqida Shim. Uvallar bor. Foydali qazilmalari: yonuvchi slanetslar, torf, fosforit, sapropel. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi jan,-gʻarbda —11,7° dan shim.-sharqda — 14,2° gacha, iyulniki jan.-gʻarbda 17,9° dan shim.sharkda 17,6° gacha. Yillik yogʻin 550—600 mm.

Vegetatsiya davri 110—140 kun. Viloyat hududidan Volga, Kostroma, Unja, Vetluga daryolari oqib oʻtadi. Yirik koʻllari: Galich va Chuxloma. Tuprogʻi chimli podzol, chimli, qumoqli, qumli, va qumloqli, torf-botqoq, allyuvial tuproqlar.

Viloyat iqtisodiyotida oʻrmon xoʻjaligi (oʻrmonlar viloyat hududining 60% ni egallaydi) yetakchi oʻrinda. Yogʻochtola va yogʻoch qirindidan ishlangan plitalar, karton ishlab chiqariladi. Yirik oʻrmon sanoat xoʻjaliklari: Manturovo, Buy, Galich va b. Sharyada uysozlik k-ti, Neya, Manturovo sh.da yogʻochsozlik zavodlari, Kostroma, Manturovo sh.da fanera zavodlari, Aleksandrove sh.da qogʻoz f-kasi ishlab turibdi. Mashinasozlik korxonalarida metall kesuvchi, yogʻochsozlik stanoklari, eksqavator, yigiruv mashinalari ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning yirik zavodlari — eksqavator, kemasozlik-mexanika, toʻqimachilik mashinalari, stanoksozlik, "Stroymashina" zavodlari, "Motordetal", "Avtoliniya", "Kostromatekstilmash" va b. korxonalar. Qurilish materiallari sanoati yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, qurilish gʻishti, oyna-shisha, shagʻal ishlab chiqaradi. Oziqovqat sanoatida moy, pishloq zavodlari,, yirik yorma f-kalari, goʻsht k-tlari bor. Zigʻir tola sanoati mahalliy xom ashyo asosida rivojlanmokda (Kostroma, Nerexta). Yengil sanoatda tikuvchilik, trikotaj, poyabzal tarmoqlari mavjud. Xalq zargarlik sanʼati mashhur. Kostroma GRES elektr energiya bilan taʼminlaydi. K-X- da bugʻdoy, javdar, arpa, suli, yem-xashak ekinlari, tolali zigʻir ekiladi. Kartoshkachilik va sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Sut, sut-goʻsht chorvachiligi, qoʻychilik, choʻch-qachilik, parrandachilik rivojlangan. Volga, Kostroma daryolarida kema qatnaydi. Soligalich kurorta bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil