Kirov viloyati
| Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
| Кировская область Kirov viloyati |
|
|---|---|
| Kirov viloyati bayrogʻi | Kirov viloyati gerbi |
| Administrativ markaz | Kirov |
| Maydon | 120 374 km² (30-chi) |
| - suv qismi | 0,5% |
| Aholi | 1 319,4 ming kishi (32-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
| - zichlik | 10,96 kishi / km² |
| YaIM | 166,2 mlrd rub. (50-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
| - jon boshiga | 107,2 ming rub. |
| Federal okrug | Privoljsk |
| Iqtisodiy tuman | Privoljsk |
| Gubernator | Nikita Belix |
| RF subyekti kodi | 43 |
| Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
Kirov viloyati - RF dagi viloyat. 1934 y. 7 dek.da Kirov oʻlkasi nomi bilan tashkil etilib, 1936 y. 5 dek.dan viloyatga aylantirilgan. Mayd. 120,8 ming km2. Aholisi 1589,4 ming kishi (2000), asosan, ruslar; shuningdek, mari, tatar, udmurt, komilar ham yashaydi. Shaharliklar 71%. 39 tumanga boʻlingan; 18 shahar, 57 shaharcha bor. Markazi — Kirov sh.
K. v.ning yer usti past-balandlik boʻlib, shim.dan jan.ga pasayib boradi. Foydali kazilmalari: temir rudasi, yonuvchi slanetslar, fosforit, torf. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.
ning oʻrtacha t-rasi —14°, iyulniki 17°. Yillik yogʻin 500 mm. Vegetatsiya davri 155—170 kun. Asosiy daryosi — Vyatka. Tuproqlari podzol, chimli podzol, unumdor chimli-karbonatli, oʻtloqi, botqoq va kulrang tuproqlar.
Sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik, yengil, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik sanoatida elektrotexnika buyumlari va koʻtarish-transport jihozlari ishlab chiqariladi. K. v. yogʻoch, taxta, standart uylar, mebel, changʻi yetkazib beradigan asosiy r-n. Yengil sanoatda mahalliy xom ashyo asosida moʻynali va teri buyumlari tayyorlanadi.
Q. x. sut va goʻsht chorvachiligi, gʻalla, tolali zigʻir va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. T. y., avtomobil yoʻllari bor. Vyatka daryosida kema qatnaydi.[1]
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |