Yaroslavl viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yaroslavl viloyati — RF dagi viloyat. 1936 yil 11 martda tashkil etilgan. Mayd. 36,4 ming km2. Aholisi 1367 ming kishidan ziyod (2003), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 80,9%. Ya.v. da 17 maʼmuriy tuman, 11 shahar, 14 shaharcha bor. Markazi — Yaroslavl shahri Yirik shaharlari: Ribinsk, Tutayev.

YA.v. Rossiya tekisligining markaziy qismida joylashgan. Yer yuzasi bir oz koʻtarilgan tekislikdan iborat. Gil, kvars qumlari, tuf, torf, sapropel konlari va mineral buloqlar bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —10,5° dan —12,5° gacha, iyulniki 17,5. Yiliga 500 — 600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 165—170 kun. Asosiy daryosi — Volga. Hududining 4,5% botqoqlik. Tuprogʻi chimlipodzol, allyuvialbotqoq tuproqlar. Qora qaragʻay, qayin, togʻterak oʻsadi. Oʻrmonlar viloyat hududining 50% ni egallaydi. Yovvoyi hayvonlardan los, quyon, tulki, boʻri va boshqalar yashaydi. Pereslavl milliy bogʻi, Darvin qoʻriqxonasi bor.

Asosiy sanoat tarmoqlari: kimyo, mashinasozlik va toʻqimachilik. Kimyo sanoatida asbestli rezina va lokboʻyoq, sintetik kauchuk va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yirik shina zavodi, nitrolan va har xil boʻyoqlar ishlab chiqaruvchi, neftni qayta ishlash, Ribinsk priborsozlik zdlari bor. Mashinasozlikda ogʻir yuk koʻtaruvchi avtosamosvallar, aviamotorlar, elektromotorlar, dizel motorlari, yogʻochni qayta ishlovchi stanoklar va boshqalar ishlab chiqariladi. Kabel, soat zdlari, poligrafiya, texnik zigʻir tola gazlamalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ktlar ishlab turibdi. Mahalliy xom ashyo asosida charmpoyabzal ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, mahalliy qurilish materiallari asosida keramika, silikat va qizil gʻisht, yigʻma temirbeton, asbest shifer ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati un tortish, goʻsht, moysir, kraxmalqiyom, sigaretamaxorka, mevasabzavot quritish va boshqalar tarmoqlardan iborat. Volga daryosida Ribinsk, Uglich GES lari qurilgan. Yirik sanoat markazlari — Yaroslavl, Ribinsk, Tutayev, Uglich.

Q.x. zigʻirchilik, kartoshka yetishtirish, sabzavotchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Ya.v. RF da uzun tolali zigʻir yetishtiruvchi asosiy r-n hisoblanadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. T.y. transporti rivojlangan (uz. 650 km). Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 6263 km. 2 aeroport bor. Volga daryosi va Ribinsk suv omborida kema qatnaydi. Unt, texnika unti, q.x. va tibbiy akademiyalar, 4 teatr, telemarkaz, sirk faoliyat koʻrsatadi. 30 sanatoriykurort muassasasi ishlab turibdi.

Qad. shaharlari: Pereslavl Zalesskiy, Rostov, Uglich, Yaroslavl turizm markazlari sifatida rivojlangan va "Rossiya Oltin halqasi" turistik marshrutiga kiradi. 5400 dan ziyod tarixiy va meʼmoriy yodgorlik bor. Ribinsk va PereslavlZalesskiy tarixiy va badiiy qoʻriqxonalari, Yaroslavl, "Rostov Kremli" tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonalari, N.A. Nekrasov "Karabixa" adabiymemorial muzeyqoʻriqxonasi mavjud.