Tiva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiva (Tuva), Tiva Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Osiyo markazida, Sharqiy Sibir jan.da joylashgan. Mayd. 170,5 ming km2. Aholisi 305,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Kizil sh. Maʼmuriy jihatdan 16 tuman, 5 shahar, 2 shaxarchaga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. T. — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy xural (parlament), ijrochi xrkimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. T. togʻli mamlakat (butun hududning 82% togʻlardan iborat). Markaziy va gʻarbiy qismlaridagi Gʻarbiy Sayan, Oltoy, TannuOla togʻ tizmalari va Sharqiy Tuva togʻlari oraligʻida Tuva soyligi bor. Jan.gʻarbdagi MongunTayga massivi — respublikaning eng baland joyi (3970 m), Sharkda Sharqiy Sayan jan.gʻarbiy yon bagʻirlari, Tojin soyligi, Sharqiy Tuva va Sangilen togʻliklari joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, rangli va nodir metall, temir rudalari, asbest, kobalt, oltin, simob, binokorlik materiallari va b. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, shim. soyliklarda qor kam yogʻadi, togʻda yoz iliq, soyliklarda issiq. Yanv.ning oʻrtacha trasi —28° dan —35° gacha, iyulda 15—20°. Yillik yogʻin soyliklarda 150—400 mm, togʻli joylarda 400—600 mm dan 800—1000 mm gacha, yozi seryogʻin. Hamma daryolari Yeniseyt quyiladi. Uning 2 irmogʻi — Katta Yenisey (BiyXem) va Kichik Yenisey (KaXem) T.dan boshlanadi. Jan. dan oqib oʻtadigan TesXem daryosi UbsuNur koʻliga quyiladi. Ular katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Tojin soyligida Tojin, Noyonxoʻl, Manixoʻl va b. koʻllar, mineral buloklar bor. Soyliklardagi qizgʻish, qoʻngʻir tuproqlarda dasht oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlaridagi kulrang oʻrmon va podzollashgan tuproqlarda tilogʻoch, kedr, qaragʻay, archa oʻsadi. Hammasi boʻlib 8,5 mln. gektar oʻrmon bor. Dashtlarda tulki, boʻri, togʻli taygalarda sobol, suvsar, bugʻu, qungʻir ayiq, silovsin, baland togʻlarda togʻ echkisi va b. hayvonlar yashaydi. T. hududida Azas, Ubsunur soyligi qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

Aholisi. Tiva, rus, xakas va b. yashaydi. Davlat tili — tiva tili; rus tili respublika hududida umum federal davlat tili hisoblanadi. Shahar aholisi 51,7%. Dindorlar lamaizmga eʼtiqod qiladi. Shaharlari: Qizil, Shagonar, Chadan, Oq Dovurak.

Tarixi. T. hududida yuqori paleolit davriga mansub arxeologiya yodgorliklari topilgan. Mil. av. 2-a.ning oxiridan mil. 12-a.gacha boʻlgan uzoq davr mobaynida T. hududi turli kabila va davlatlar, jumladan, Turk va Uygʻur xoqonliklari, Yenisey qirgʻizlari davlati hukmronligi ostida boʻlgan. 1207 y. T.ni Chingizxon qoʻshinlari bosib oldi; 13— 14-a.larda Xitoyda hukmronlik qilgan Yuan moʻgʻul sulolasi qoʻl ostida boʻdsi. 16-a. oxiridan 17-a.ning 2yarmigacha Oltinxonlar gʻarbiy moʻgʻul davlati tarkibiga kiritilgan. 16—17-a.larda T.da lamaizm rasmiy din sifatida qaror topdi. 17-a. oxirlarida T. hududining talaygina qismini jungʻarlar bosib oldi. 1757—1912 y.larda T. manjur va xitoy hukmdorlariga qaram boʻldi. T. arat (dehqonchorvador)larining milliy ozodlik xarakati natijasida 1912 y. chet el hukmronligi barham topdi. 1914 y. T. Uryanxay oʻlkasi nomi bilan Rossiya protektoratiga aylantirildi. 1918 y. 16 martda T.da sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1921 i. 14 avg .da Taʼsis xurali TannuTuva xalq respublikasi tuzilganini eʼlon qildi, 1926 y.dan Tuva Respublikasi deb atala boshladi. 1944 y. 11 okt.da respublika RSFSR tarkibiga muxtor viloyat sifatida kiritildi. 1961 i. 10 okt.

da muxtor respublikaga aylantirildi, 1991 i. okt. dan RF tarkibidagi T. Respublikasi rasmiy nomini oldi.

Xoʻjaligi. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 13,5%, qishloq xoʻjaligi.

niki 18,8%, kurilishniki 3,5 %, transportniki 2,2%, savdoniki 13,1% ni tashkil etadi.

Sanoati ning asosiy tarmoqdari orasida konchilik (rangli metallar, asbest va b. qazib chiqarish) yetakchi hisoblanadi. Oziq-ovqat (goʻsht, sut, unyorma korxonalari), oʻrmon va yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Binokorlik materiallari (gʻisht, temirbeton konstruksiyalari, devorbop materiallar), metallsozlik, elektr energetika, mashinasozlik va yengil sanoat (koʻnchilik) rivojlangan. Qizil issiqlik elektr styasi ishlaydi. Yiliga oʻrtacha 0,1 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Koʻp sanoat korxonalari Qizil va Oq Dovurak sh.larida joylashgan.

Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq — chorvachilik. Salkam 2,5 mln. gektar yerning 159,1 ming gektari (6,4%) haydaladi, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Mayin junli qoʻychilik, goʻshtsut chorvachiligi, choʻchqachilik va parrandachilik rivojlangan. Yilqi, tuya, echki, bugʻu qadimdan boqib kelinadi. Dehqonchilikda, asosan, gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, tariq) va yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Moʻynachilik va darrandachilik muhim ahamiyatga ega.

Transporti. Avtomobil yoʻllari uz. —2472 km. Qizil — Minusinsk — Abakan va Qizil — Oq Dovurak avtomagistrallari respublikani boshqa respublikalar bilan bogʻlaydi. Katta Yenisey va Kichik Yenisey daryolarida kema qatnaydi, yogʻoch oqiziladi. Ichki suv yoʻllari uz. 1000 km dan ortiq. Qizil sh.da aeroport bor. T. chetga asbest, goʻsht, jun, moʻyna, charm, doridarmon xom ashyosi yuboradi.

Tibbiy xizmati. T.da har 10 ming aholiga 36 vrach toʻgʻri keladi. 10 ga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi bor (UshBeldir, Cheder kurortlari va b.).

Maorifi va ilmiy muassasalari. Maorifi va xunartexnika taʼlimi RFda qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan.

163 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 61 ming , 5 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 3,7 ming oʻquvchi, 1 oliy oʻquv yurti (Tiva unti)da 2,8 ming talaba taʼlim oladi. Til tarixi va adabiyot i. t. instituti, Rossiya FAning Sibir boʻlimi filiali, 164 kutubxona bor.

Adabiyoti milliy yozuv paydo boʻlgandan (1930) keyin boy xalq sheʼriy ijodiyoti asosida vujudga keldi. 30-y.

larda S. Sarigool, B. Xovenmey, S Pyurbyularning ilk sheʼrlari nashr etiddi. S. Pyurbyuning "Chechak" dostoni (1941) nazm janrining dastlabki yirik asari edi. Keyinchalik S. Tokaning hikoya va ocherklari paydo boʻldi. A. A. Palmbax, V. Kokool, S. Toka T. dramaturgiyasini yaratdilar. 2jahon urushidan soʻng S. Tokaning "Arat soʻzi" trilogiyasi xalq hayotini haqqoniy aks ettirdi. Inson ruhiyatini koʻrsatuvchi dramalar, tarixiy qissalar bosilib chikdi. O. Saganool, S. Syuryunool, K. Kudaja romanlari, M. Kenin-Lopsan, R. Kyunzegesh dostonlari mashhur.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. T. hududida paleolit va neolit davriga oid turar joylar, neolit va jez davriga mansub naqshli sopol idishlar topilgan. Skiflar davridan fil suyagi va jezdan yasalgan hayvon haykalchalari, ov manzaralari tasvirlangan toshlar saqlangan. Tivalar, asosan, kigiz oʻtov ("kidisyog")larda yashaganlar. Oʻtovning ichi rangbarang naqshli yogʻoch sandiq va karavotlar bilan jihozlangan, devorlariga sodda geometrik nakshin namatgilamlar osilgan. 1940 y.dan dastgoh rassomligi va fafika tez rivojlandi. G. L. Torluk, S. Lanza kabi rassomlar, I. Salchak, Yu. Kurskiy kabi grafik rassomlar yetishib chikdi. 20-a.ning 2yarmidan koʻchmanchi aratlar oʻtroklikka oʻtish bilan qishloklarda yogʻoch va toshdan uylar, maktablar qurila boshladi. Qizil, Shagonar, Oq Dovurak sh.larida zamonaviy jamoat binolari, madaniy markazlar, turar joylar barpo etildi (Hukumat uyi, drama teatri, unt binosi va b.).

Musiqa sanʼati qadimdan marosim va muhabbat qoʻshiqlari, laparlar, qahramonlarga atalgan madhiyalardan iborat boʻlgan. Xalq musiqasi oʻziga xos ohanglar, metrik va ritmik tuzilishlarning xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Cholgʻu asboblari: torlikamonli dopshuluur, bizaanchi, igil; chertma sozlardan chadagan shanzi, shelerxomus, kuluzunxomus; puflama sozlardan murgu, shoor va b. 20-a.ning 2yarmidan anʼanaviy musiqa janrlari bilan birga kantata, simfoniya va b. paydo boʻldi. 1936 y. musiqali drama teatrstudiyasi va 1941 y. uning qoshida xalq cholgʻu asboblari orkestri, 1947 y. xoreografiya boʻlimi, oʻsha yili musiqa maktabi, 1960 y. musiqa bilim yurti ochildi. Tanikli kompozitorlari — A. Aksyonov, A. Chirgalool, R. Kendenbil, D. Xureshool, xonandalari — K. Munzuk, N. Olzeyool. T.da radiotelevideniyening simfonik orkestri (1966), filarmoniya (1969), "Sayan" ashula va raqs ansambli (1970), "Ayan" folklor ansambli (1980) bor. Teatri. T. xalq oʻyinlari va folklor asarlarida, milliy marosimlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1920-y.lar oʻrtalarida ilk havaskor drama toʻgaraklari tuzilib, bir pardali pyesalar namoyish etilgan. 1936 y. Kizil sh.dagi oʻquv ktida teatr studiyasi ochilishi professional teatrga asos soldi. Davlat badiiy teatri (1940 y.dan Davlat musiqali drama teatri) ochildi. 1947 y.dan milliy teatr ishlay boshladi. V. B. Oskalool rahbarligidagi dorbozlar 1945 y.dan faoliyat koʻrsatgan.