Arxangelsk viloyati
| Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
| Нижегородская область Arxangel viloyati |
|
|---|---|
| Arxangel viloyati bayrogʻi | Arxangel viloyati gerbi |
| Administrativ markaz | Arxangelsk |
| Maydon | 589 913 km² (8-chi) |
| - suv qismi | 0,2% |
| Aholi | 1 159,7 ming kishi (41-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
| - zichlik | 1,97 kishi / km² |
| YaIM | 355,9 mlrd rub. (28-chi) |
| - maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
| - jon boshiga | 235,3 ming rub. |
| Federal okrug | Shimoli-Gʻarbiy |
| Iqtisodiy tuman | Shimoliy |
| Gubernator | Igor Anatoliyevich Orlov |
| Deputatlar majlisi raisi | Vitaliy Sergeyevich Fortigin |
| RF subyekti kodi | 29 |
| Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
| Rasmiy sayt | www.dvinaland.ru |
Arxangelsk viloyati - RF tarkibidagi viloyat. Neneslar muxtor okrugi hamda Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri va Solovki olarini o‘z ichiga oladi. Viloyat shim. da Oq, Barens va Kara dengizlarga tutash. A. v. Rossiyaning aholisi eng siyrak joy-lashgan yerlaridan biri. Aholisi 1 mln. 500 mingdan ortiq (1999), shundan shahar aholisi 1205 ming , qishloq aholisi 419 ming , asosan ruslar, neneslar va komi-lar. 1937 y. 23 sent.da tashkil etilgan. Mayd. 587,4 ming km2. A. v.da 20 ma’-muriy tuman, 13 shahar, 40 shaharcha bor. Markazi — Arxangelsk sh.Viloyatning markaziy qismi bir necha daryo vodiylari (Shim. Dvina va uning irmoqlari) kesib o‘tgan tekis-likdan iborat. Uning kattagina qismi botqoqlik, g‘arbiy qismida pastroq qirlar, markazidagi tekislikda Timan kryaji bor. Foydali qazilmalari — ko‘mir, torf va gips. Iqlimi sovuq. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi g‘arbda —12°, sharqda —18*. Iyuliing o‘rtacha t-rasi viloyat jan.da 16°, shim.da 8°. Tez-tez shamol bo‘lib turadi; 350—550 mm yog‘in yog‘adi. Muhim daryolari: Shim. Dvina, Onega, Pechora; ko‘l ko‘p (Lacha, Kenozero, Kojo-zero va b.). Tuproqlari gleyli tundra, podzol va botqoqtuproqpar. Igna bargli 658o‘rmonlar bor. Tyulen, tiyin, quyon, oq tulki, suvsar va b. yashaydi.A. v. yog‘och tayyorlash, yog‘och-kimyo sa-noatini rivojlantirish va yog‘och-taxta eksport qilishda Rossiyaning muhim r-ni hisoblanadi. Arxangelsk, One-ga, Mezen, Naryan-Mar sh.larida taxta tilish sanoati rivojlangan. Sanoati-ning sellyuloza-qog‘oz, gidroliz (Ar-xangelsk) tarmoqlari, sulfat-spirt olish, yog‘ochdan standart uylar tayyor-lash taraqqiy etgan. Kotlasda yirik sellyuloza-qog‘oz k-ti bor. Mashinasoz-lik, xususan, transport mashinasozli-gi muhim o‘rin tutadi. Arxangelsk va Kotlas sh.larida kemasozlik va kema tuzatish sanoati rivojlangan. Arxan-gelskda yirik baliq k-ti, Shoyna, In-digi, Naryan-Mar sh.larida baliq kon-serva z-dlari ishlab turibdi. Boksit zaxiralari asosida rangli metallurgiya rivojlanmoqda.Q.x.da sut chorvachiligi katta urin tutadi. Xolmogori sersut sigirlar zoti A. v.da yaratilgan. Bug‘uchilik bilan shug‘ullaniladi, baliq va dengiz hayvonlari, tiyin va qutb tulkisi ov-lanadi. G‘alla ekinlaridan suli, arpa, bug‘doy ekiladi. Asosiy t. y.lari: Mo-skva — Arxangelsk, Konosha — Kotlas, Obozerskaya — Belomorsk. Shim. Dvinada kema qatnaydi. Arxangelsk, Onega, Me-zen, Naryan-Mar dengiz portlari bor. A. v.da umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtla-ri, ommaviy kutubxona, klub bor.[1]
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |