Penza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Penza — Rossiya Federatsiyasi Penza viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Sura daryosi (Volga irmogʻi) boʻyida. Penza va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 534 ming kishi (1998). Mashinasozlik (dizel, kompressor, elektron-hisoblash mashinalari, kimyo, toʻqimachilik mashinasozligi, soatsozlik, velosiped zavodlari), yengil, oziq-ovqat, qogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari, tibbiy pre-paratlar zavodi, pianino fabrikasi bor. 5 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, botanika bogʻi, oʻlkashunoslik, xalq ijodiyoti, N.N.Burdenko, V.E. Meyerxold muzeylari, suratlar galereyasi mavjud.

1663-yilda Rossiya davlatining jan.sharqiy chekkasida ostrog (chegara istehkomi) sifatida asos solingan. 1719-yildan noiblik, 1796—97 yillarda va 1801-yildan gubernya markazi. 1928—30 yillarda Srednevoljsk oʻlkasi Penza okrugi markazi. 18—20-asr boshlaridagi meʼmoriy yodgorliklar: barokko uslubidagi Petropavlovsk sobori (18-a), SpasPreobrajeniye monastirining kafedrali sobori (18—19-asrlar) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil