Amur viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amur viloyati — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 20-oktabrda Xabarovsk oʻlkasi tarkibida tashkil etilgan. 1948-yil 2-avgustdan alohida Amur viloyati Maydoni 363,7 ming km². Aholisi 1063 ming kishi (1993), asosan ruslar, ukrainlar; shuningdek beloruslar, evenklar, yakutlar yashaydi. Shaharliklar 68%. Amur viloyatida 10 shahar, 33 shaharcha bor. Markazi — Blagoveshchensk shahri Amur viloyati Amur daryosi havzasida. Shimolida Stanovoy tizmasi (eng baland nuqtasi 2312 m) bilan oʻralgan. Tukuringra, Jug-dir, Turana, Jagdi tizmalari, Yuqori Zeya, Zeya-Bureya tekisliklari va Amur-Zeya platosi bor. Oltin, temir rudasi, kumir, kaolin, ohaktosh, kvars qumlari konlari, mineral buloklar mavjud. Amur viloyati iqlimi keskin kontinental. Musson taʼsiri ostida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 24°dan — 33° gacha, iyulniki 18 — 21°. Yiliga oʻrtacha 450 — 800 mm yogin tushadi. Eng katta daryolari: Amur, uning irmoqlari — Zeya, Bureya. Tuprogi asosan qoʻngʻir oʻrmon tuprogi, bir qismi pod-zollashgan, janubida qoramtir tuprokdar. A. hududining 65% oʻrmon. Amur viloyati hududida Zeya va Xingan qoʻriqxonalari joylash-gan. Kon qazish (oltin, koʻmir), oʻrmon, yogʻochsozlik, elektrotexnika, mashina-sozlik, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bor. Zeya GES ishlab turibdi. Bureya GES qurilmoqda (1993).Amur viloyati — Uzoq Sharqning eng yirik qishloq xoʻjaligi rayoni. Gʻalla ekinlari (bugʻdoy, suli, arpa), soya, kartoshka, sabzavot yetishti-riladi. Goʻsht-sut chorvachiligi, asalarichilik, buguchilik, darrandachilik ri-vojlangan. Ovchilik bilan shugʻullaniladi. Hududidan Transsibir temir yoʻl va Baykal — Amur temir yoʻl magistrali oʻtadi. Amur, Zeya, Bureya daryolarida kema qatnaydi.[1]

Uzoq Sharq federal okrugining trkibiga kiradi. Shimoldan Saha respublikasiga (Yoqutiston), Sharqda Xabarovsk o'lkasiga, janubi-sharqdan Yahudiy avtonom viloyatiga va garbdan Zabaykal o'lkasiga. Janubdan Xitoy bilan cegaradosh.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Amur viloyati" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil